Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Yangiobod mahallasida fuqarolar yig‘ini raisi saylandi

Yangiobod mahallasida fuqarolar yig‘ini raisligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayoni ochiqlik, shaffoflik va fuqarolarning faol ishtiroki bilan o‘tkazildi.

Saylov davomida nomzodlar o‘z dasturiy rejalarini taqdim etib, mahalla aholisiga kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalar, tashabbuslar va takliflari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Bu esa fuqarolarga ongli tanlov qilish imkonini yaratdi.

Mahalla aholisi o‘z hududining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, tartib-intizomi va farovonligi uchun mas’ul bo‘ladigan yetakchini tanlashda mas’uliyat bilan yondashdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Shermatova Nodira Yaqubjanovna eng ko‘p ovoz to‘plab, Yangiobod mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Mahalla aholisining faolligi esa jamoa birdamligi va o‘z taqdiriga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍9
Yangiobod ko‘chasida obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda

Yangiobod ko‘chasi bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ezgu tashabbusda “Avtoyo‘l Ko‘kalam”, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda qator tashkilotlar faol ishtirok etmoqda.

Ayni paytda ko‘cha bo‘ylab gulzorlar barpo etilmoqda, yangi zamonaviy chiroqlar o‘rnatilmoqda, daraxtlar ekilib, ularning osti yumshatilmoqda. Bu ishlar ko‘chaning ko‘rkam va zamonaviy qiyofa kasb etishiga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2🔥1