Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
🕊 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylar holidan xabar olindi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov va mas’ullar Ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriylari holidan xabar oldi.

Ular “Oybek” mahallasida yashovchi, 91 yoshni qarshi olgan Djappar ota G‘aniyev, hamda “Uchqun” mahallasida istiqomat qilayotgan, 101 yoshli Buval ona Umarova xonadonida bo‘lishdi.

Davlatimiz rahbari e’tibor va g‘amxo‘rligining ifodasi sifatida faxriylarga Prezidentning pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari, shuningdek, “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi” yubiley medali tantanali ravishda topshirildi.

Bir piyola choy ustida samimiy suhbatlar qurildi, faxriylarning kayfiyati ko‘tarildi. Uzoq yillar davomida halol va fidokorona xizmat qilganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirildi. Ularning hayot yo‘li bugungi avlod uchun ibrat maktabi ekani ta’kidlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube
👍4🔥1
Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди ҳамда "Хотира нури" композицияси билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы и возложил цветы к подножию памятника "Ода стойкости", ознакомился с композицией "Свет памяти".

#Mirziyoyev #marosim #Xotiravaqadrlashkuni #Galaba

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4