Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿9-may – Xotira va qadrlash kuni
***
🇺🇿9 мая — Дня памяти и почестей

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanovning 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli faxriylar, urush farzandlari, aziz nurafshonliklar!

Nurafshon shahri hokimligi nomidan va shaxsan o‘zim nomimdan sizlarni yurtimiz tarixidagi muqaddas sana — 9 may, Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida erishilgan G‘alabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bu sharafli kun biz uchun ajdodlarimizning jasorati, mardligi va yurtga bo‘lgan sadoqatining ramzidir. Urush yillarida yurtimizdan 2 millionga yaqin inson frontga yo‘l olgan, ularning 500 ming nafari o‘z hayotini Vatan ozodligi yo‘lida fido qilgan. Ularning mardligi bugungi tinch hayotimizning asosi, kelajak avlod uchun esa yorqin ibratdir.

Shuningdek, mustaqillik yillarida yurt tinchligi va barqarorligi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizni ham chuqur hurmat va minnatdorlik bilan yodga olamiz. Ularning sadoqati va jasorati — milliy g‘ururimiz, yoshlar uchun esa bardavom tarbiya maktabidir.

Nurafshon shahrida faxriylarimizga hurmat ramzi sifatida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Qahramonlarimiz hayoti, ularning fidokorona yo‘li yoshlarimizga yetkazilib, vatanparvarlik ruhidagi tarbiya ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Yaqinda “Ikkinchi jahon urushida g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medali va pul mukofoti Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi urush qatnashchilari va mehnat fronti ishtirokchilariga tantanali tarzda topshirildi. Ularning xotiralari — tarix, saboq va g‘ururdir.

Faxriylarimiz va yolg‘iz keksalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi, bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi, maktablar va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari o‘tkazildi.

Buyuk ajdodlar jasorati — biz uchun faqat tarixiy voqea emas, balki hayot mezonidir.
Ular bizni:
🟢 Vatanni sevishga;
🟢 Tinchlikni qadrlashga;
🟢 Har qanday sinovda birdamlikda bo‘lishga undaydi.

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Ushbu ulug‘ sana barchamiz uchun tinchlik, mehr-oqibat va insonparvarlik timsoli bo‘lib qolsin. Qadrli faxriylarimizga — sihat-salomatlik va uzoq umr, barcha nurafshonliklarga — baxtli va osoyishta hayot, yosh avlodga — qahramon ajdodlarga munosib bo‘lishni tilayman!

Tinchligimiz, farovonligimiz va taraqqiyotimiz — mard va fidoyi ajdodlarimizning jasorati samarasi. Ularning ruhi Nurafshonimiz va Yangi O‘zbekiston yo‘lida bardavom ilhom manbai bo‘lib xizmat qilsin!

Hurmat bilan,
Klichxanov Ilxom Mahmudjonovich
Nurafshon shahri hokimi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #bayram_shukuhi

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov Ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriylariga Prezidentning pul mukofotlari, sovg‘alari hamda "Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi" yubiley medalini topshirdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Ғалабанинг 80-йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этди.

Глава нашего государства принял участие в торжественных мероприятиях по случаю 80-летия Победы.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍6
#9_May

⚡️ Nurafshon shahrida “Vatanparvar” bogʻining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi (video)

Mazkur majmua ikkinchi jahon urushi yillaridagi matonat va mustaqillik yillarida jonajon vatanimiz tinchligiga qilingan tahdidlar va qurolli hujumlarni bartaraf qilishda koʻrsatilgan mardlik namunalarini oʻzida aks ettirgan.

Maʼlumot oʻrnida, bogʻ 1,5 gektar yer maydonida qisqa fursatlarda barpo etilgan boʻlib, quruvchi va muhandislar, loyihachi va meʼmorlar, ziyolilar, maʼnaviyatchilar, tarixchilar, qadimshunos va arxiv xodimlariga munosib zahmati mujassam.

Kelgusida bogʻ va muzey yana bir qutlugʻ ziyoratgohga aylanib, barchamizga, ayniqsa, yosh avlodga ibrat va vatanparvarlik maktabi boʻlib xizmat qiladi.

📍“Nurafshon Business City”


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#NurafshonTV
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI

“VATAN RAVNAQI, TINCHLIGI VA HIMOYASI YO‘LIDAGI QAHRAMONLIK UNUTILMAYDI”
09.05.2025

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#NurafshonTV
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI

“VATAN RAVNAQI, TINCHLIGI VA HIMOYASI YO‘LIDAGI QAHRAMONLIK UNUTILMAYDI”
09.05.2025

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Nurafshon shahri tasarrufidagi yer osti gaz quvurlarini zichlikka sinash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan To‘y tepa GTSdan gaz bilan ta’minlanadigan quyidagi mahallalarda:

Chig‘iriq;
Oppoq;
Taraqqiyot;
Nurafshon;
Degantepa;
To‘y tepa;
Ma’rifat;
Obod;
Muqumiy;
Navro‘z;
Hurriyat;
Birlik;
Yuksalish;
Yoshlik;
Uchqun;
Bobur;
Yangiobod;
Oybek;
Obod turmush;
Dehqonobod;

🗓 2025-yil 12-may kuni soat 08:00 dan 14-may kuni soat 18:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

📊 Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan:

Aholi xonadonlari soni: 11 018 ta
Ulgurji iste’molchilar soni: 295 ta

📞 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
☎️ 104 yoki 📱 (99) 004-81-04

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5👎31
#diqqat
#bildirish

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Sizlarni "Nurafshon Business City" hududida yangi ochilgan "Vatanparvar bog'i" da tashkil etilayotgan ochiq osmon ostidagi kino kechasiga taklif qilamiz!

Bugun soat 19:00 da yuraklarni larzaga soluvchi, real voqealarga asoslangan “Ilhaq” filmi namoyish etiladi.

Filmda Ikkinchi jahon urushi davrida farzandlarini frontga jo‘natgan, biroq ularning halok bo‘lganiga qaramay, umidini hech qachon yo‘qotmagan ona — Zulfiya Zokirova taqdiri hikoya qilinadi. Bu — fidoiylik, sabr va mehr haqida hikoya qiluvchi, yuraklarga ta’sir qiluvchi asar.

“Ilhaq” — bu faqat film emas, bu xotira, bu saboq!

Kechani o‘tkazib yubormang! Sizni, oilangizni va yaqinlaringizni bugun kechqurun biz bilan birga “Ilhaq”ni tomosha qilishga chorlaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Hurmatli Xakimov Anvarbek va Shavkatov Ma’murjon!

Siz azizlarni tavallud ayyomingiz bilan Nurafshon shahri hokimligi jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!

Xakimov Anvarbek– Nurafshon shahri hokimligi bosh hisobchisi sifatida fidokorona mehnatingiz, sadoqatingiz va mas'uliyatli yondashuvingiz uchun sizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Sizning tajribangiz va halolligingiz jamoamiz uchun katta dalda bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shavkatov Ma’murjon – Nurafshon shahri hokimligi xodimi sifatida har kuni tinimsiz harakatlaringiz, tashabbuskorligingiz va xizmatga bo‘lgan mehringiz biz uchun e’tiborga loyiqdir.
Sizlarga sihat-salomatlik, bardavom baxt, oilaviy osoyishtalik va faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hayot yo‘lingiz har doim nurafshon, dilingiz esa xotirjam bo‘lsin!

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍13
💐TABRIK

Hurmatli Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Umarbayev Komol Xokimjanovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan tabriklaymiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik, farzandlar baxtu -kamolini ko‘rishingizni tilaymiz.

💐Sharafli va masʼuliyatli mehnatlaringizda omad va shijoat Sizga hamroh bo'lsin.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍9👎1