Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Nurafshon shahrida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va o‘qitish borasida yoshlar yetakchisi tomonidan tizimli va maqsadli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Milliy bank” Toshkent viloyat rahbari “Ma’rifat” MFYga biriktirilgan yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon yurib, yoshlarning ijtimoiy holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning kasb tanlovi, qiziqishlari va kelajak rejalari tinglandi. Shuningdek, ish topishda, kasb-hunar o‘rganishda foydali bo‘lgan muhim tavsiya va yo‘nalishlar berildi.

Mahalladagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni faol hayotga jalb etish borasidagi bu kabi amaliy tashabbuslar, albatta, ijobiy natija beradi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi:

2025-yil 16–17-may kunlari O‘rta Chirchiq N/С 110/35/6 kV T-1 quvvati 10 000 kVA bo‘lgan transformator o‘rniga, quvvati 25 000 kVA bo‘lgan transformatorni almashtirib o‘rnatish ishlari olib boriladi.

Ushbu texnik ishlar sababli, quyidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida kun davomida yuklama oshib ketgan taqdirda qisqa muddatli (2 soatgacha) elektr uzilishlari bo‘lib turishi mumkin:

Nurafshon shahrining:

Dehqonobod MFY Dehqonobod ko‘chasi
Oybek MFY M.Ulug‘bek, Sport, Istirohat, X. Mirzayev ko‘chalari
Obodturmush;
Qumariq;
Muqimiy;
To'y tepa MFY To'y tepa va Mash’al ko‘chalari
Evalak MFY Shijoat ko‘chasi
Navro‘z MFY

O‘rta Chirchiq tumanining:
Qorasuv;
Galabotar mahallalari

Diqqat! Elektr energiyasi kun bo‘yi o‘chirib qo‘yilmaydi. Faqatgina yuklama me’yordan oshib ketgan taqdirda, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, kun davomida qisqa muddatli elektr uzilishlari yuzaga kelishi mumkin.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (dispetcher)

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun “HET” AJ Toshkent hududiy filiali oldindan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Bobur ko‘chasini obodonlashtirish ishlari yuzasidan shahar hokimi I.Klichxanov mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt