Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshonda Koreya Respublikasi yordamida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi “Tong” madaniyat saroyida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 44-Toshkent viloyati saylov okrugidan saylangan deputati V. N. Pak tomonidan ilgari surildi.

Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolarga Koreya Respublikasidan beg‘araz yordam sifatida 15 ta nogironlar aravachasi (5 ta elektr va 10 ta oddiy), 20 ta qo‘ltiqtayoq, shuningdek, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga zamonaviy reabilitatsiya vositalari topshirildi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining jamiyatda millatlararo totuvlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan beshinchi ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Unda Koreya Respublikasidan 40 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda aholi muammolari joyida eshitildi

Aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish maqsadida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanovning navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi. Tadbir Nurafshon mahallasi, Do‘stlik uyi binosida bo‘lib o‘tdi.

Qabulda hokimning birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Prezident Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi boshlig‘i T. Daniyarov, shuningdek, shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul davomida 16 nafar fuqarodan 24 ta murojaat qabul qilindi. Ular asosan: moddiy yordam, uy-joy va kadastr, sog‘liqni saqlash, SNOS masalalari, Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati,
pasport olish, va kommunal xizmatlarga oid muammolarni qamrab oldi.

Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari tegishli tashkilotlar nazoratiga topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Yoshlar harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 12-yanvardagi topshiriqlari ijrosi doirasida Nurafshon shahrida navbatdagi harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari O‘rtachirchiq tumani Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i boshchiligida Angren shahrida joylashgan o‘q otish poligoniga tashrif buyurib, amaliy o‘q otish mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

Mashg‘ulotda o‘quvchilarga harbiy qurollardan foydalanish qoidalari, xavfsizlik texnikasi, nishonga o‘q otish tartibi va jismoniy tayyorgarlik elementlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Mazkur tadbir yoshlarni yurt mudofaasi, harbiy xizmatga qiziqishini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt