Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahar elektr ta’minoti tomonidan avariyaviy ustunlar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

F.Olmazor–6 kV, F.Mayramkul–6 kV va F.Toytepa–6 kV elektr uzatish liniyalarida avariyaviy holatdagi ustunlarni montaj-demontaj qilish ishlari olib borilmoqda. Texnik ishlar vaqtida ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mutasaddi tashkilot noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlar yakunlangach, elektr ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Yoshlik mahallasiga yangi rais saylandi

Tong madaniyat saroyida Yoshlik mahallasi fuqarolar yig‘ini raisligini saylash bo‘yicha ochiq va shaffof saylov bo‘lib o‘tdi. Unda nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlarini taqdim etib, aholiga kelgusidagi rejalari va tashabbuslari haqida ma’lumot berishdi.

Saylov jarayonida fuqarolar yetakchini tanlashda faol ishtirok etdi. Saylov yakunlariga ko‘ra, Usmanova Feruza Aytbekovna eng ko‘p — 65 foiz ovoz to‘plab, Yoshlik mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Feruza Usmanova 1969-yilda tug‘ilgan, millati — qozoq, ma’lumoti — tugallanmagan oliy. Ayni paytda Texnologiyalar, menejment va kommunikatsiyalar institutining 3-kurs talabasi.

U ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3