Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
“Qumariq” mahallasiga yangi rais saylandi

Nurafshon shahridagi 32-sonli umumta’lim maktabda “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligini saylash bo‘yicha ochiq va shaffof saylov bo‘lib o‘tdi.

Nomzodlar o‘z dasturlarini taqdim etib, aholiga rejalarini bayon qilishdi. Saylov natijalariga ko‘ra, Uralov Zafar Safarovich eng ko‘p ovoz to‘plab mahalla raisi etib saylandi.

Zafar Uralov 1977-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2002-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.

Yangi raisga ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍6🔥2
“Yuksalish” mahallasiga yangi rais saylandi

Nurafshon shahridagi 57-sonli umumta’lim maktabda “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligini saylash bo‘yicha ochiq va shaffof saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylovda nomzodlar o‘z dasturlarini taqdim etib, mahalla aholisiga rejalarini bayon qilishdi. Natijada, Amanbayeva Nafisa Ergashevna eng ko‘p ovoz to‘plab mahalla raisi etib saylandi.

Nafisa Ergashevna 1982-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — tugallanmagan oliy. Ayni paytda Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika institutining 3-kurs talabasi.

Yangi raisga mas’uliyatli vazifasida omad tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍7
“Онлайн-платформа ва веб-сайтлар фойдаланувчиларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси муҳокамаси давом этмоқда!

🖋 Агарда Сиз –

🔘аниқ тоифаланган 12 та ноқонуний контентдан ҳимояланишни;

🔘ёлғон ахборот тарқатилишини олдини олишни;

🔘шахсий маълумотларингиз муҳофазаланишини;

🔘ижтимоий тармоқларда блогер ёки инфлюенсер сифатида хавфсиз фаолият юритишни;

🔘Интернет орқали даромад олишни;

🔘болаларни зарарли ахборотдан сақлашни истасангиз, бефарқ бўлманг! Қонун лойиҳаси
муҳокамасида фаол иштирок этинг!

📌 Эслатиб ўтамиз, қонун лойиҳаси муҳокамаси жорий йил 27 майга қадар давом этади.


Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
👍1
"Qumariq” mahallasida yangi rais saylandi, avvalgi rais munosib kuzatildi

Bugun “Qumariq” mahallasida ochiq va shaffof saylov asosida yangi rais saylandi.

Saylov jarayoni yakuniga yetgach, shu vaqtgacha mahalla raisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Po‘latov Sardor Nematjonovichni kuzatish marosimi o‘tkazildi. Tadbir shahar hokimligi hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Marosim davomida Sardor Nematjonovich yillar davomida mahalla rivoji yo‘lida olib borgan fidokorona mehnati uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Mahalla faollari tomonidan unga milliy an’analarga ko‘ra to‘n kiydirilib, kelgusi faoliyatida omad va ulkan zafarlar tilandi.

Bu kabi e’tirof va qadrlashlar mahalla institutida uzoq yillar xizmat qilgan insonlarning mehnati e’tibordan chetda qolmasligini yana bir bor namoyon etdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍8🤝21🔥1