Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Nurafshon shahri "Oybek" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika ishchi guruhi a’zolari, shahar hokimi Ilxom Klichxanov, Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning muammolari o‘rganildi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida qonuniy yechim topildi.

Mazkur qabul aholi muammolarini joyida hal qilish va davlat idoralari bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga xizmat qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 8-sessiyasi 22-may, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


📎Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
“Dehqonobod” mahallasiga yangi rais saylandi

Nurafshon shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabda “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligini saylash bo‘yicha ochiq va shaffof saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylovda nomzodlar o‘z dasturlarini taqdim etib, mahalla aholisiga rejalarini bayon qilishdi. Natijada, Qo'ziyev Xayrulla Muhammedjanovich eng ko‘p ovoz to‘plab mahalla raisi etib saylandi.

Xayrulla Muhammedjanovich 1976-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 1996-yilda Moskva tadbirkorlik va huquq institutini tamomlagan.

Yangi raisga mas’uliyatli vazifasida omad tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3