Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 128 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 57 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 84 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 202 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 196 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 52 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 199 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 256 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 95 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 30 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 4 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#diqqat
#bildirish
#Внимание
#Объявление

Nurafshonda markaziy va ichki ko'chalarda og'ir yuk mashinalari yurishi taqiqlanadi

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining 2025-yil 20-maydagi VII-7-51-10-213-K/25-sonli qaroriga asosan, shahar IIB YHXB tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha bir qator muhim chora-tadbirlar belgilandi.

👉Batafsil o'qish

В Нурафшане запрещено движение тяжёлых грузовых автомобилей по центральным и внутренним улицам.

На основании постановления Кенгаша народных депутатов города Нурафшан от 20 мая 2025 года № VII-7-51-10-213-K/25 УБДД ГУВД города определён ряд важных мер по обеспечению безопасности дорожного движения и предотвращению дорожно-транспортных происшествий.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
“Bobur” mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabda “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Kalonov Ravshan Abduraimovich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Ravshan Abduraimovich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍11
#gaz
#eʼlon

Diqqat!!!!

23-may kuni


NURAFSHON SHAHAR

"Degantepa" MFY Degantepa va Qoraqoʻyli 1-koʻchalarida soat 13:00 dan soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi xonadonlari soni – 180 ta,
Ulgurji isteʼmolchilari soni – 4 ta.

Hurmatli isteʼmolchilar gaz uskunalarini koʻzdan kechirishni unutmang!


Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

☎️ dispetcherlik xizmati: (71) 502-17-04//-05//-06

“Hududgaz Toshkent” GTF

Kanalga ulanish:👉 |telegram|
Nurafshonda sayyor qabul: muammolar joyida ko‘rib chiqildi

Nurafshon shahrining “Birlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar hokimi Ilxom Klichxanov, sektor rahbarlari hamda Milliy gvardiya vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga joyida yechim topishga harakat qilindi. Huquqiy maslahatlar berilib, zarur hollarda amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid takliflar ham ilgari surildi.

Bunday ochiq muloqotlar islohotlarning joylardagi samarasini ta’minlab, aholining muammolariga e’tibor bilan yondashishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Xalq deputatlari shahar Kengashining sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi

Nurafshon shahri hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, shahar hokimi I.Klichxanov, prokuratura va ichki ishlar bo‘limi rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Kengash kotibiyati, korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada Nurafshon shahar Prokuraturasi va IIB tomonidan 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Kengashning yangi ish rejasi tasdiqlandi hamda uning huzurida Yoshlar maslahat guruhini tuzish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

Shuningdek, mahalliy byudjetning ortiqcha daromad qismi hisobidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar taqsimoti ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mazkur sessiya doirasida shahar taraqqiyoti va aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube Web sayt
👍41