Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshonda sayyor qabul: muammolar joyida ko‘rib chiqildi

Nurafshon shahrining “Birlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar hokimi Ilxom Klichxanov, sektor rahbarlari hamda Milliy gvardiya vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga joyida yechim topishga harakat qilindi. Huquqiy maslahatlar berilib, zarur hollarda amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid takliflar ham ilgari surildi.

Bunday ochiq muloqotlar islohotlarning joylardagi samarasini ta’minlab, aholining muammolariga e’tibor bilan yondashishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Xalq deputatlari shahar Kengashining sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi

Nurafshon shahri hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, shahar hokimi I.Klichxanov, prokuratura va ichki ishlar bo‘limi rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Kengash kotibiyati, korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada Nurafshon shahar Prokuraturasi va IIB tomonidan 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Kengashning yangi ish rejasi tasdiqlandi hamda uning huzurida Yoshlar maslahat guruhini tuzish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

Shuningdek, mahalliy byudjetning ortiqcha daromad qismi hisobidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar taqsimoti ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mazkur sessiya doirasida shahar taraqqiyoti va aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube Web sayt
👍41