Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi

Bugun Nurafshon shahridagi 13 ta maktabda 576 nafar o‘quvchi maktabni bitirdi. 16 nafar bitiruvchi “Oltin medal”, 7 nafari esa “Kumush medal” bilan taqdirlandi. 15 nafari oliy ta’limga muddatidan oldin qabul qilindi.

57-maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda shaharning hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi va bitiruvchilarga omad tiladi.

Tantanada shahardagi 13 ta maktabda tahsil olgan eng iqtidorli o‘quvchilar va fidokor o‘qituvchilar “Nurafshon shahri hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot iqtidor, tashabbus va fidoyilikning e’tirofi sifatida yoshlarga ilhom, ustozlarga esa yuksak e’tibor ramziga aylandi.

👉Batafsi o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍61
#Shukuh

Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangradi

Bugun viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari ko'tarinki ruhda oʻtkazildi. Jumladan, Nurafshon shahridagi "Vatanparvar bogʻi"da 32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11-sinf bitiruvchilarining soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri tashkil qilindi. Tadbir avvalida, Prezident tabrigi bitiruvchi-yoshlarga oʻqib eshittirildi.

Maʼlumot uchun, bu yil viloyatimizda 53 114 nafar 9-sinf va 35 774 nafar 11-sinf bitiruvchilari tamomlamoqda. Shundan 889 nafari oltin, 223 nafari kumush medal sohibi bo'ldi. 75 nafari oliy taʼlim muassasalariga muddatidan oldin oʻqishga qabul qilingan va 10 nafari TOP-300 talik OTM talabasi bo‘lgan.

Tadbir davomida 2024-2025-oʻquv yilida fan olimpiyadalari, koʻrik-tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan hamda oʻzining namunali xulqi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlgan bir guruh oʻquvchilar, shuningdek, jonkuyar ijodkor oʻqituvchilar viloyat hokimining faxriy yorliq, qimmatbaho esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, badiiy chiqishlar namoyish etilib, soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari ostida bitiruvchilar katta hayot ostonasiga kuzatildi. Shundan soʻng, viloyat hokimi bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi va ularning taklif, tashabbus hamda fikrlarini tingladi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1