Nurafshon shahri hokimligi
2.25K subscribers
37.1K photos
3.41K videos
47 files
10.9K links
Download Telegram
🎓 Сўнги қўнғироқ — янги ҳаёт сари илк қадам!

Бугун Нурафшон шаҳар мактабларида сўнги қўнғироқ янгради. Бу фақат дарслар тугагани эмас — бу бутун бир давр якунланиб, янги саҳифа очилаётгани демакдир.

Ўқувчиларнинг кўзларида – орзулар, қалбида – қувонч ва бир оз ҳасрат...
Муаллимлар сўнгги марта “яхши ўқинглар” деб юракдан тилак билдиришмоқда.

Битирувчилар учун бу кун — ҳам хайрлашув, ҳам умидлар парвози.

Эслаб қолинг: сиз олдингизда улкан йўл бор. Ҳар бир орзу — амалга ошади, агар меҳнат ва ишонч билан унга интилиш бўлса.

📚 Меҳрибон мактаб, доим ёдимизда қоласан.

Битирувчилар, сизга улкан муваффақиятлар тилаймиз!

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida Nurafshon shahri hokimi ishtirok etdi

Bugun yurtimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida an’anaviy tarzda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim kun butun mamlakat bo‘ylab o‘quv yili yakunlanib, minglab yoshlar hayotlarining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotganini anglatadi.

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida u Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrik maktubini o‘qib eshittirdi va yoshlarga ulkan marralarni zabt etishlarida omad tiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahri hokimligi
#Hokim_qarori 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab “Nurafshon shahri hokimi stipendiyasi” hamda “Ta’lim iftixori” mukofoti joriy qilindi. 👉Batafsil Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇 Telegram |Facebook…
"Nurafshon shahri hokimi stipendiyasi" va "Taʼlim iftixori" mukofoti egalari e’lon qilindi

2024-yil 30-sentabrda Nurafshon shahri hokimining 242-10-213-Q/24-sonli qaroriga asosan, 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab shahardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan namunali o‘qituvchilar va o‘z bilimlari bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Nurafshon shahri hokimi stipendiyasi” hamda “Ta’lim iftixori” mukofoti joriy etilgan edi.

Mazkur qarorga muvofiq, shahardagi 13 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan munosib deb topilgan har bir maktabdan bittadan o‘quvchi va o‘qituvchi saralab olinib, pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👉Quyida ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan o‘quvchi va o‘qituvchilarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing:

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🎉 Tabrik 🎉
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

💐 24-may – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxassisi Umarova Dilrabo Chuliyevnaning tavallud topgan kunidir.

💐 Hurmatli Umarova Dilrabo Chuliyevna! Sizni chin qalbimizdan ushbu quvonchli sana bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi, ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM