Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
Chig'iriq mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 19-sonli umumta’lim maktabda Chig'iriq mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Xamdamov Bahodir Komiljonovich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor Chig'iriq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Bahodir Komiljonovich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri Chig'iriq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida gaz ta’minoti tizimida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Ayni kunlarda Nurafshon shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan shaharda gaz quvurlarini joriy ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar doirasida:
🔹 gaz quvurlarini ta’mirlash,
🔹 quvurlarni bo‘yash,
🔹 tayanch ustunlarni o‘rnatish,
🔹 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz gaz bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Uchqun mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabda Uchqun mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, O’rinbaev Botir Axmadjanovich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor Uchqun mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Botir Axmadjanovich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri Uchqun mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Joriy yilning 28 may kuni soat 11:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Nurafshon shahar, Toshkent yo'li ko‘chasi 60-uy, "Yoshlar innovatsion markazi" binosida
xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari bo'yicha "Roadshow" taqdimotiga barchangizni taklif qilamiz.

📍 google maps

Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

Ma'lumot uchun:
🔵+998 (70) 502-03-81

Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram 🌐Website 📸Instagram Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM