Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
🌿 Yoshlik mahallasida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borilmoqda. Qurigan o‘tlar va begona o‘simliklar olib tashlanib, hudud yanada obod holga keltirilmoqda.

#YoshlikMahallasi #Obodonlashtirish #TozaAtrof #YashilHudud #ShahrimizObodligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish 31-maygacha (shu kuni ham) davom etadi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: 2023 hamda 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

❗️2022-yilda berilgan tavsiyanomalar muddati tugadi, ular yangi tavsiyanoma olishi kerak.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida "Oilaviy an’analar" mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan "Tong" madaniyat saroyida "Oilaviy an’analar" mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova, shahrimizdagi ibratli oilalar, "Oqila ayollar" harakati a’zolari ishtirok etdilar. Shuningdek, Hunarmandlar uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir davomida Nurafshon shahridagi 9 ta ibratli oilaga Nurafshon shahar hokimligining tashakkurnomalari, esdalik sovg‘alari va "Ibratli oila" lavhalari topshirildi.

Shahar madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga bayramona ruh bag‘ishlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Obod” mahallasiga yangi rais saylandi

📍 Nurafshon shahri — “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi rais saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayoni ochiqlik, shaffoflik va fuqarolarning faolligi ruhida o‘tkazildi.

Mahalla aholisi o‘z nomzodlarini faol qo‘llab-quvvatlab, fuqarolik pozitsiyasini namoyon etdi. Saylov natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Sultonov Dilshod Abdullayevich “Obod”mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt