“DXX KUBOGI – 2025” shahar bosqichining final bahslari o‘tkazildi!
Nurafshon shahridagi “Nurafshon Arena” markaziy stadionida futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida “DXX KUBOGI – 2025” musobaqasining final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir avvalida hokim barcha ishtirokchilarga omad tilab, sportda halollik va do‘stona raqobat muhimligini ta’kidladi.
Final uchrashuvlari g‘oyat murosasiz va muhim ahamiyat kasb etgan holatda o‘tdi. G‘alaba uchun kurashgan jamoalar yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etdilar.
Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy diplomlar bilan taqdirlandilar.
Alohida ajralib turgan jamoalar – Obod o‘g‘il bolalar jamoasi, Qumariq qizlar jamoasi hamda Qumariq o‘g‘il bolalar jamoasi faxrli o‘rinlarni egallab, kubok va viloyat bosqichiga yo‘llanma bilan taqdirlandilar.
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt