Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.7K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahar markaziy ko‘chasi bo‘ylab oldindan tayyorlangan voyishlarga uzum va rayhon ko‘chatlari ekilmoqda. Ushbu ishlar shahar chiroyiga ko‘rk bag‘ishlab, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍1
Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi o‘rnatish aksiyasi boshlandi

Nurafshon shahrida 5-iyun-Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar bo‘ylab 1000 ta qush uyasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi I. Klichxanov ushbu tashabbusning ahamiyatiga to‘xtalar ekan, uni yoshlarda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qilayotgan muhim qadam sifatida baholadi.

— Maqsadimiz — Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, — dedi shahar hokimi.

Eko-mutaxassislar tomonidan volontyorlarga amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng volontyor yoshlar, ekofaollar tomonidan shahar bo‘ylab qush uyalarini o‘rnatish ishlari boshlandi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍6
Nuroniylar ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahri hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–405-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy yig‘ilish tashkil etildi. Unda hududda faoliyat yuritayotgan fidoyi nuroniylar ishtirok etdi.

Tadbirga “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Jo‘ra Ahmedqulov raislik qildi. Yig‘ilishda Toshkent viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi vakili N. Dadaboyev ham qatnashib, muhokamalarga o‘z hissasini qo‘shdi.

Mazkur uchrashuvda asosan kambag‘allik reyestrida ro‘yxatga olingan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, ularning o‘quv qurollari, sport kiyimlari, shuningdek, mebel (stol-stullar) kabi zarur vositalarga bo‘lgan ehtiyojlari muhokama markazida bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha samarali yechimlarni ilgari surishdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
08-06-25.pdf
1.2 MB
#OAV_biz_haqimizda
#maqola_sahifada

«Халқ сўзи» газетасининг 2025 йил 8 июнь кунги 116 (9011)-сони мутолаа учун ҳавола қилинмоқда.

©️ Газета таҳририят томонидан тақдим этилди.

Шунингдек, газетанинг интернетдаги http://xs.uz веб-сайтини ҳам кузатиб боришингиз мумкин.

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/gazetalar_sharhi
1