Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Паркент туманига ташриф давомида “Олтин бел” чўққисидаги дам олиш маскани ва янги тоғ-чанғи курорти лойиҳаси билан танишди.

В рамках поездки в Паркентский район Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с туристическим комплексом на вершине "Олтинбел" и проектом нового горнолыжного курорта.

#Mirziyoyev #tanishuv #Parkent #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1👍1
Президент Шавкат Мирзиёев Паркент туманидаги “Бату Экспорт” корхонасини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил предприятие «Бату Экспорт» в Паркентском районе.

#Mirziyoyev #tanishuv #Parkent #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
"Ishga marhamat!” – Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Chig‘iriq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 19-sonli umumta’lim maktabida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu tadbir shahar hokimligi, prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi, soliq inspeksiyasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida ishsiz fuqarolar, xususan, ish izlayotgan yoshlar, xotin-qizlar hamda probatsiya ro‘yxatida turgan shaxslar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga shahar hududida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi va bevosita ishga joylashish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan xorijda xavfsiz va qonuniy mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi hamda xorijdagi mavjud ish o‘rinlari bilan fuqarolar yaqindan tanishtirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1