Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
Forwarded from Sport vazirligi
Rasmiylar Nurafshon shahrida boks boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” bahslarini kuzatishdi

Butun Respublikamiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari tashkil etilmoqda. Sport vazirligi va MOQ rahbariyati Toshkent viloyati Nurafshon shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha mintaqaviy bellashuvlarni tomosha qildi.

Ushbu bahslarda Angren, Ohangaron, Olmaliq, Nurafshon shaharlari, shuningdek, Oʻrta Chirchiq va Ohangaron tumanidan tashrif buyurgan yosh bokschilar ishtirok etishmoqda. Rasmiylar final janglarini kuzatib, gʻolib boʻlgan sportchilarga hududiy bosqich bellashuvlarida ham omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“AUTOCENTER NURAFSHON” MChJning 100 foiz davlat ulushi sotiladi

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Birlik" MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi
Ustav kapitali: 25,9 mlrd so'm
Aylanma aktivlar: 14,4 mlrd so'm
Sof foyda: 1,4 mlrd so'm
Yer umumiy maydoni: 2 gektar
Bino umumiy maydoni: 6 087 kv.m
Boshlang‘ich narxi: 44,4 mlrd so‘m

Izoh: Muddatli bo'lib to'lash imkoniyati mavjud!

Batafsil

☎️: +998712022111

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#эзгулик

⚡️Нурафшон шаҳрида «Нуронийлар маскани» қурилмоқда

Тошкент вилояти ҳокимлиги ташаббуси билан Нурафшон шаҳри ҳокимлиги кўмагида нурафшонлик нуронийлар учун маскан барпо этилмоқда.

Ҳомийлик ва хайрия маблағлари ҳисобидан қад ростлаётган янги бино «Тошкент йўли» кўчасида жойлашган бўлиб, уч қаватдан иборат ва замонавий меъморчиликнинг энг сўнгги ютуқларидан фойдаланилган ҳолда қурилмоқда.

Бугун бўлиб ўтган тадбирда бинокорлар билан мулоқот қилиниб, қурилиш ишлари кўздан кечирилди. Фахрийларга яратиладиган шароитлар билан танишилиб, йиғилганларга ош тортилди.

Тадбирда Нурафшон шаҳри ҳокими Илҳом Кличханов иштирок этди.

Тўлиқ видеони томоша қилиш
👇👇👇
https://youtu.be/tWP1J2-v8Ds

«Машъал»га обуна бўлинг:
Telegram | Youtube
Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, gaz ta’minoti xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida shahar hududida joylashgan xonadonlarda profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, xodimlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida xonadon egalari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_21_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/lfmSi24weI8 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov
“Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi

“Siyosiy ma’rifat soati”da hafta davomida yurtimizda bo‘lib o‘tgan siyosiy tadbirlar namoyish etildi, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Mazkur tadbir Nurafshon shahri hokimligida shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida o‘tkazildi. Unda shahardagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda mahallalarda ajrimlarning oldini olish, kambag‘allikdan farovonlik sari yo‘naltirilgan dasturlarni amalga oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga tegishli vazifalar yuklatildi va hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt