Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
“Hokimlik soati” – muhim masalalar muhokamasida

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari, hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tib, quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔹 Viloyat hokimi topshiriqlarining ijrosi;
🔹 Tijorat banklari ajratgan kreditlar va qarzdorlik holati;
🔹 Shaharda namunali madaniyat markazi tashkil etilishi;
🔹 Tibbiyotda “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar;
🔹 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi;
🔹 Soliq tushumlari holati.

Muhokama yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
#AyollarDaftari

Ehtiyojmand ayollar uchun dam olish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati yaratildi


Nurafshon shahrida "Ayollar daftari"ga kiritilgan, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 150 nafar xotin-qizlar Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskaniga 3 kunlik safarga yuborildi.

Mazkur tashabbus doirasida ishtirokchilarga malakali psixologlar tomonidan ma’naviy-ruhiy ko‘mak ko‘rsatildi, shuningdek, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan amaliy treninglar o‘tkazildi.

Safarning asosiy maqsadi – ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish va o‘z hayotiga ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍43🔥1
⚡️Elektron raqamli imzo kalitini "E-auksion" platformasidan bepul olish mumkinligini bilarmidingiz?

"E-auksion" platformasida ro'yxatdan o'tib, shaxsiy kabinetdagi "ERI kalitlari" bo'limidan ariza yuborish mumkin. Ushbu ERI kalitidan faqat "E-auksion" platformasida foydalansangiz bo‘ladi.

ERI kalitiga onlayn ariza berish uchun:
- pasport yoki ID karta yuklash (skaner qilgan holatda)
- pasport bilan selfi suratini yuklab arizani yuborish tugmasini bosish yetarli!

P.S. - Yuridik shaxslar arizasi uchun rahbar lavozim buyrug‘i yoki ishonchnomasi ham so‘raladi


🌐 Videoqo'llanmani ko'rish

☎️: +998712022111
☎️: +998992073610

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1