Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#jarayon

“ZARBDOR TAJRIBASI” AMALIYOTDA – NURAFSHONDA YANGI LOYIHALAR BOSHLANDI

💠Nurafshon shahrida “Zarbdor tajribasi” doirasida yangi tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda. Qumariq MFY hududidan o‘tgan 4R2 Toshkent yo‘li bo‘yida joylashgan “Kattachirik” zovuri atrofida 6 ta xizmat ko‘rsatish loyihalari ishga tushirish rejalangan.

🔹 Loyihalar doirasida mazkur hududda 1 km yo‘l asfaltlanadi, salomatlik yo‘laklari quriladi, ko‘cha chiroqlari va o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Shuningdek, atrofni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham amalga oshiriladi.

🔺Hozirda loyiha joyida zaruriy tayyorgarlik va qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu tashabbuslar fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍1
RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI ISHTIROKCHILARI NURAFSHONDA KUTIB OLINDI

🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” respublika yoshlar forumi doirasida ishtirokchilar Toshkent viloyatining ma’muriy markazi – Nurafshon shahrida tantanali tarzda kutib olindi.

💠 Forum doirasida mamlakatimizning 12 ta viloyatidan tashrif buyurgan faol yoshlar Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida viloyat rasmiylari, jumladan, Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida iliq kutib olindi.

Mazkur forum yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kasaba uyushmalari harakati orqali yangi O‘zbekiston bunyodkorlariga aylanishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍31