Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#jarayon

“ZARBDOR TAJRIBASI” AMALIYOTDA – NURAFSHONDA YANGI LOYIHALAR BOSHLANDI

💠Nurafshon shahrida “Zarbdor tajribasi” doirasida yangi tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda. Qumariq MFY hududidan o‘tgan 4R2 Toshkent yo‘li bo‘yida joylashgan “Kattachirik” zovuri atrofida 6 ta xizmat ko‘rsatish loyihalari ishga tushirish rejalangan.

🔹 Loyihalar doirasida mazkur hududda 1 km yo‘l asfaltlanadi, salomatlik yo‘laklari quriladi, ko‘cha chiroqlari va o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Shuningdek, atrofni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham amalga oshiriladi.

🔺Hozirda loyiha joyida zaruriy tayyorgarlik va qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu tashabbuslar fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍1
RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI ISHTIROKCHILARI NURAFSHONDA KUTIB OLINDI

🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” respublika yoshlar forumi doirasida ishtirokchilar Toshkent viloyatining ma’muriy markazi – Nurafshon shahrida tantanali tarzda kutib olindi.

💠 Forum doirasida mamlakatimizning 12 ta viloyatidan tashrif buyurgan faol yoshlar Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida viloyat rasmiylari, jumladan, Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida iliq kutib olindi.

Mazkur forum yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kasaba uyushmalari harakati orqali yangi O‘zbekiston bunyodkorlariga aylanishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍31
📢 E’LON – “Yoshlar kuni” gala-konsertiga qulay transport bilan keling!

🎉 2025-yil 26-iyun kuni Nurafshon shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

🚍 Fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida soat 17:00 dan boshlab:

🔹 Qumariq MFY – Jurnalistlar bog‘i oldidan
🔹 To‘ytepa MFY – Xalq banki binosi yonidan


maxsus BEPUL AVTOBUSLAR harakati yo‘lga qo‘yiladi!

🕖 Avtobuslar soat 17:00 dan konsert tugaguniga qadar qatnovda bo‘ladi. Fuqarolar oson va xavfsiz tarzda tadbirga yetib borishi hamda ortga qaytishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

🎤 Konsertda mashhur xonandalar – Shoxruhxon, “Bojalar” guruhi, kulgu jamoalari va boshqa san’atkorlar ishtirok etadi. Yorqin chiqishlar, salyut-shou va ko‘tarinki kayfiyat kafolatlangan!

📍Tadbir joyi: Nurafshon shahri markaziy o‘yingohi
🕖Boshlanish vaqti: soat 19:00
🎟 Kirish – BEPUL!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍4
#gaz

ONLAYN-LIVE

Boʻlimlarimizda qiziq, qisqa va aniq xabarlar!

📍 Nurafshon shahar


"Yangiobod" MFY koʻp qavatli uy oldidan oʻtuvchi diametri Ø57 mm li yerosti past bosimli gaz quvurini payvandlash ishlari olib borilmoqda.

Aholi xonadonlari soni – 420 ta.

Hurmatli isteʼmolchilar gaz uskunalarini koʻzdan kechirishni unutmang!


Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” GTF matbuot xizmati

Kanalga ulanish:👉  |telegram|
📢 “Dashun Group” korxonasi tomonidan joylashtirilgan bannerlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Shahrimizda faoliyat boshlayotgan xitoylik investorlarga tegishli “Dashun Group” korxonasi tomonidan jamoat joylariga ilingan reklama bannerlari bo‘yicha jamoatchilik orasida turli fikr-mulohazalar yuzaga kelgani munosabati bilan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
📍O‘rganish natijasida bannerlardagi ma’lumotlar mazmuni, ularning joylashuvi va tashqi ko‘rinishi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ko‘rib chiqildi.
🔹 Shu bilan birga, reklama bannerlarini tayyorlash va joylashtirishda milliy qadriyatlar, jamoatchilik fikri hamda vizual estetik mezonlarga rioya etish bo‘yicha kompaniya mas’ullariga rasmiy tushuntirish ishlari olib borildi.
🗣 Korxona vakillari o‘tkazilgan tushuntirish ishlaridan to‘liq qoniqish bildirishdi. Shuningdek, ular kelgusida barcha reklama materiallarini “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga to‘liq mos holda joylashtirishlarini ma’lum qilishdi.

Ta’kidlash joizki, hududda faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy va mahalliy kompaniyalardan kelgusidagi vizual axborot va reklama faoliyatida mamlakatimizning ijtimoiy-madaniy muhiti va huquqiy talablariga to‘liq amal qilish so‘raladi.

🔍 Mutasaddi idoralar tomonidan ushbu yo‘nalishda doimiy monitoring va huquqiy nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2🔥1👏1