Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#E’tirof

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi

Viloyatda 27 - iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha faxriylari, ommaviy axborot vositalari, matbuot kotiblari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, jurnalist, blogerlar korxona hamda tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilgani uchun ham munosib rag‘batlantirildi.

Bayram oldidan ijodkorlar Parkent tumanida bo‘lib, yangi ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy infratuzilma loyihalarini, turizm obyektlari va intensiv bog‘dorchilik faoliyati bilan tanishdilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Foto

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi

Sahobiddin Rustamov fotolavhasi

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🇺🇿 Nurafshon shahar hokimi Klichxanov Ilhom Mahmudjonovichni bugungi tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

🎂 Hurmatli Ilhom Mahmudjonovich!
Sizni ushbu quvonchli kun – tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklab, Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌟 Shahrimiz ravnaqi, aholi farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz, tashabbus va g‘oyalaringiz e’tiborga loyiq. Kelgusidagi ezgu niyatlaringiz va boshlagan har bir ishlaringizda doimo omad hamroh bo‘lsin!

📈Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida Prezidentimizga sadoqat bilan kamarbasta bo‘lib olib borayotgan fidokorona faoliyatingiz bardavom bo‘lsin. Xizmatlaringiz doimo samimiy xalqimizning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘laversin.

🤝 Tug‘ilgan kuningiz yana bir bor muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi jamoasi
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏19👍43🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30-iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#diqqat
#bildirish

“Ishga marhamat!” – Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi


Nurafshon shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Mehnat yarmarkasida ishsiz fuqarolar, jumladan, ish izlayotgan yoshlar, xotin-qizlar va probatsiya ro‘yxatida turgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Tadbirda ishtirokchilar shaharda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📅 Tadbir vaqti: 2025-yil 1-iyul, soat 10:00
📍 Manzil: Yoshlik MFY binosi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1