Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
“Hokimlik soati” – muhim masalalar muhokamasida

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:
🔹Toshkent viloyati hokimi topshiriqlarining bajarilishi;
🔹6 oylik makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va maqsadli rejalarning ijrosi;
🔹Eksport prognozlarini bajarish chora-tadbirlari;
🔹Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi;
🔹Yozgi mavsumda suv havzalarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
🔹Mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi chora-tadbirlar;
🔹Tashabbusli byudjet loyihalarining amalga oshirilishi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍32
“Ishga marhamat!” – Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Ishga marhamat!” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlik mahallasi binosida o‘tkazilgan tadbirda ishsiz fuqarolar, xususan, ish izlayotgan yoshlar va xotin-qizlar faol ishtirok etishdi. Yarmarka davomida ishtirokchilarga shaharda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi va ular ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir natijasida:
🔹Mahalladagi 12 nafar fuqaro doimiy ish joylariga yo‘llanma olib, bandligi ta’minlandi;
🔹20 nafar fuqaro kasb-hunar markazlariga o‘qitish uchun yo‘llanma oldi.

Yarmarka fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏4🔥1
Toshkent yo‘li ko‘chasidagi qurilish doirasida xonadon buzilmoqda

Nurafshon shahrining Toshkent yo‘li ko‘chasini kengaytirish ishlari doirasida jamoat ehtiyojlari uchun buzilishi rejalashtirilgan xonadonlardan biri bo‘yicha kompensatsiya mablag‘lari qonuniy tartibda to‘lab berildi va ushbu xonadonni buzish ishlari olib borilmoqda.

Buzish jarayonlari Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jarayonlarni bevosita shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov kuzatib, nazorat qilib bormoqda.

Mazkur ishlar shaharning infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli hududlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.

Hududlarni chiqindilardan tozalash, begona o‘simliklarni olib tashlash, yashil maydonlarni parvarishlash va umumiy tartib-intizomni saqlash kabi ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1