Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Toshkent yo‘li ko‘chasidagi qurilish doirasida xonadon buzilmoqda

Nurafshon shahrining Toshkent yo‘li ko‘chasini kengaytirish ishlari doirasida jamoat ehtiyojlari uchun buzilishi rejalashtirilgan xonadonlardan biri bo‘yicha kompensatsiya mablag‘lari qonuniy tartibda to‘lab berildi va ushbu xonadonni buzish ishlari olib borilmoqda.

Buzish jarayonlari Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jarayonlarni bevosita shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov kuzatib, nazorat qilib bormoqda.

Mazkur ishlar shaharning infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli hududlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.

Hududlarni chiqindilardan tozalash, begona o‘simliklarni olib tashlash, yashil maydonlarni parvarishlash va umumiy tartib-intizomni saqlash kabi ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshon shahri FVB ogohlantiradi: Belgilanmagan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!

❗️Yoz mavsumining boshlanishi bilan fuqarolar cho‘milish va hordiq chiqarish maqsadida suv havzalariga yo‘l olmoqda. Haqiqatan ham jazirama kunlarda suv tanaga tetiklik baxsh etadi. Biroq belgilanmagan, xavfsizlik choralari ko‘rilmagan joylarda cho‘milish hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirishini unutmasligimiz zarur.

🏊‍♂️ Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan reydlar tashkil etilmoqda. Cho‘kish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda aholiga ogohlantirishlar berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

‼️ Eslatma: Hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang! Faqat ruxsat etilgan, xavfsiz cho‘milish joylaridan foydalaning!

📢Hurmatli fuqarolar!

Farzandlaringizni ogohlantiring — oqova suvlar yoki chuqur bo‘lgan hovuzlarda cho‘milishga bormasin! Ularni nazoratga oling, xavfsizligiga befarq bo‘lmang!

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1