📍 "Evalak" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
Nurafshon shahri 25-sonli umumta’lim maktabida “Evalak” mahallasi aholisi uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh vakillari, Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, shahar prokurori o‘rinbosari A.Olimov, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashev hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz va ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi. Har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilib, joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Fuqarolarning murojaatlari asosan kadastr masalalari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, ta’lim sohasi va boshqa yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ldi. Qator masalalar bo‘yicha muammolar joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosi belgilangan muddat va mas’ullarga biriktirildi.
Sayyor qabullar aholining muammolarini hal etishda samarali muloqot maydoniga aylanmoqda.
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

👍4❤3👏2🔥1
📌 #dolzarb_90_kun
🏫 Nurafshon shahrida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar maktablarida ta’lim sifatini oshirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
📍 Jumladan, 25-sonli umumta’lim maktabida:
– O‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi;
– Tarbiyaviy tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilmoqda;
– Maktab hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

❤2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik
Diqqat, firibgarlardan ehtiyot bo'ling!
Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kiyim kiygan shaxslar o‘zlarini FVV xodimi sifatida tanishtirib, aholidan goʻyoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganliklari uchun pul to‘lashga majburlayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Eslatib oʻtamiz, ushbu shaxslarning Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Hurmatli fuqarolar, agar shu kabi holatga duch kelsangiz yoxud guvohi bo'lsangiz, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz yoki FVVning 95 772 10 50 ishonch telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘rab qolamiz!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 Instagram✅Facebook 🕊Twitter

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi – halol mehnat va fidoyilik namunasi
📍 Nurafshon shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ayniqsa, bu borada Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining fidokorona mehnati e’tirofga loyiq.
Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, gul va daraxt ko‘chatlari ekish ishlari boshqarmaning halol va sadoqatli xodimlari tomonidan namunali tashkil etilmoqda.
🌿 Shaharimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan bu insonlar – haqiqiy mehnat qahramonlari. Ularning har bir harakati, har bir ter tomchisi orqasida shaharning obod va fayzli kelajagi mujassam.
🔹 Halol mehnat – har kimga ibrat!
🔹 Sadoqatli xizmat – baraka kaliti!
👉 Shahar obodligi uchun mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga rahmat! Ularning fidokorona ishlari albatta qadrlanadi.

❤10🔥1