Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Qumariq mahallasida muammolar yuzma-yuz tinglandi: fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi

Habaringiz bor, Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida shahardagi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida aholi bilan ochiq muloqotlar — sayyor qabullar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda

Bugun esa navbat “Qumariq” mahallasiga yetib keldi. 32-sonli umumta’lim maktabi binosida tashkil etilgan sayyor qabulda mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan mutasaddilarga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Sayyor qabulda Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, prokurori o‘rinbosari A.Olimov, IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Tilavov, kadastr, tibbiyot, bandlik va boshqa sohalarga mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Fuqarolarning elektr energiyasi, ichimlik suvi, yer hujjatlari, tibbiy xizmatlar, bandlik, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, subsidiya ajratilishi, mahallada xavfsizlikni ta’minlash kabi dolzarb muammolari tinglandi.
4
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

Oppoq MFY Toshkent yo'li ko'chasida d 57mm bo'lgan gaz quvurlarida gaz sizib chiqish holatini barataraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan:

Oppoq MFY Toshkent yo'li ko'chasida aholi va ulgurchi istemolchilarida 2025-yil 9-iyul kuni soat 13:00 dan soat 18:00 ga qadar
gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

📊 Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan:
Aholi xonadonlari soni: 47 ta
Ulgurchi istemolchilari soni: 5 ta

📞 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
☎️ 104 yoki 📱 (99) 004-81-04

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
“Zarbdor tajribasi” doirasida Nurafshonda infratuzilma loyihalari davom etmoqda

Nurafshon shahrida “Zarbdor tajribasi” doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Shu munosabat bilan Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov hamda Respublika ishchi guruhi a’zolari olib borilayotgan qurilish ishlar bilan tanishdilar.

🔹 Qumariq MFY, Kattachirik kanali bo‘yida:
Bu hududda 6 ta xizmat ko‘rsatish loyihasi doirasida quyidagi ishlar olib borilmoqda:
1.1 km yo‘l asfaltlanib, salomatlik yo‘laklari qurish, ko‘cha chiroqlari va o‘rindiqlar o‘rnatish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹 Birlik MFY, “Guzelsoy” MChJ yo‘nalishi:
1,2 km uzunlikdagi yo‘l asfaltlash, piyodalar yo‘lagi va ko‘cha yoritgichlari o‘rnatiladi. Bu ishlar natijasida yaqin vaqt ichida 5 dan ortiq sanoat loyihalari ishga tushishi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida qurilish-pudrat tashkilotlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi


“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
👍1
🇴🇲 “Ўзбекистон – Уммон” туризм форуми: Ипак йўли дурдонасининг янги имкониятлари

✔️Туризм қўмитаси томонидан Уммон Султонлигида ўтказилган “Ўзбекистон – Уммон” туризм форуми доирасида “Ўзбекистон – Ипак йўли дурдонаси” тақдимоти бўлиб ўтди.

✔️Унда Ўзбекистоннинг бой тарихий мероси, дунёга машҳур маданий обидалари, миллий ҳунармандчилиги ва гастрономик анъаналари ўз аксини топди. Меҳмонлар Самарқанд, Бухоро, Хива, Тошкент каби шаҳарларнинг ноёб сайёҳлик манзаралари билан танишиш имконига эга бўлдилар.

✔️Тадбирнинг амалий қисми сифатида “В2В” ва “G2B” форматидаги учрашувлар ташкил этилди. Унда ўзбек ва уммонлик туризм компаниялари ва давлат идоралари вакиллари ўзаро ҳамкорлик йўналишларини муҳокама қилиб, хизматлар алмашинуви, турпакетлар ишлаб чиқиш ва биргаликда маркетинг стратегияларини амалга ошириш бўйича музокаралар олиб бордилар. Бу эса икки давлат ўртасида барқарор ва самарали туристик алоқаларнинг ривожланишига хизмат қилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
2👍1