Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.68K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
Milliy libos – milliy g‘ururimiz timsoli

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish, yosh avlod qalbiga milliy o‘zlikni singdirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Milliy liboslar” aksiyasi doirasida Nurafshon shahri hokimligi va hokimlik binosida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Zamonaviy ish muhitida milliy liboslarda faoliyat olib borayotgan xodimlar xalqimizning boy madaniy merosi hamda taraqqiyot yo‘lidagi zamonaviy intilishlarini uyg‘un holda namoyon etmoqda.

Atlas va adras kabi milliy matolar – bu nafaqat chiroyli liboslar, balki o‘zligimiz, tarixiy ildizlarimiz va milliy iftixorimizning yorqin ramzidir.

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, uni yosh avlod qalbiga singdirish yo‘lida bunday tashabbuslar alohida ahamiyatga ega.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
“Cyber University” davlat universiteti faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari

AOKAda “Cyber University” davlat universiteti rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🎸matbuot anjumani/Youtube

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Forwarded from Markaziy Toshkent
⚡️2025 йил 11 июль куни «Машъал» газетасининг 26-сони босмадан чиқди

Газетанинг ушбу сонида

📌 “Кучли кенгаш, ҳисобдор ва ташаббускор ҳоким”;

📌 Устоз журналист Жамбул Қурбонбеков вафоти муносабати билан ҳамдардлик;


📌Маърифат ва саховат карвони” юракларга ёруғлик
олиб кирмоқда”;


📌 “Батарейкаларнинг
ўзи кичик, хавфи йирик”;


📌 “Замон сенга боқмаса, сен замонга боқ, бироқ...” каби мақолаларни ўқишингиз мумкин.

«Миллат мураббийлари» рукнида катта ёзувчи, шоир ва драматург Омон Мухтор ҳақида профессор Қозоқбой Йўлдош мақоласи ва «Бир жуфт шеър» рукнида атолиқ озарбайжон шоири Ромиз Равшаннинг икки шеъри эълон қилинган.

Шунингдек, ҳафта давомида рўй берган воқеалар юзасидан хабарлар чоп этилган.

⚡️ТЎЛИҚ ЎҚИШ УЧУН:
https://online.anyflip.com/brrrs/zqrf/mobile/index.html

«Машъал»га обуна бўлинг:
Телеграм | Youtube | Ok.ru | Instagram
👍1
Sohadagi islohotlar – amalda

🔹 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar tibbiyot birlashmasida bo‘ldi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov tegishli mas’ullar hamrohligida shahar tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida tez tibbiy yordam bo‘limi hamda tug‘ruqxona bo‘limlari uchun yagona qabulxona qurish, qabulxonadan tegishli bo‘limlarga o‘tish yo‘laklarini tashkil etish, shuningdek, reanimatsiya va qabul bo‘limi joylashuvini o‘zaro almashtirgan holda kapital ta’mirlash bo‘yicha taklif etilgan loyihalar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tashrif doirasida hokim muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Nurafshon shahrida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1👏1
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 544 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 236 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 510 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 130 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 291 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 151 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 127 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 32 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 34 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 185 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 134 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 40 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 180 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 56 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 14 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1👍1
#Nurafshon_shahar
#SIYOSIY_MARIFAT_SOATI

⚡️Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan  vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari va davlat tashkiloti xodimlari uchun "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etilmoqda.


⚡️Joriy yilning 11-iyul  kuni "Siyosiy-maʼrifаt soati" Nurafshon shahar hokimlik xodimlari va korxon-tashkilotlari rahbarlari uchun yuqori saviyada tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, "Siyosiy-maʼrifat soati" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

@Nurafshon_shahar_manaviyat
👍1
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз тўрт йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

Батафсил: https://uza.uz/posts/739035

Бизни телеграм каналларимиз

Facebook | Instagram | YouTubе
👏1