Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#uchrashuv

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Nurafshon shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Uchrashuv Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari SH.Ergashev boshchiligida hamda Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o'rinbosari E.Alishov ishtirokida olib borildi.

👍Ushbu tadbirda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirishi hamda kengaytirishida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi.

👍Nurafshon shahrida biznes muhitini yanada yaxshilash uchun yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Nurafshon shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlarning soliq imtiyozlarini qo‘llash, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, noturar obyektlarga mol-mulk solig‘ini hisoblash, ma’muriy huquqbuzarliklar, bank hamda kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Murojaatlarning bir nechtasi joyida hal etildi. Vaqt talab etiladigan masalalar ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, eng namunali, barqarorlik reytingi yuqori va faol tadbirkorlar viloyat soliq boshqarmasi boshlig'ining "Tashakkurnoma"si va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi!


Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
5👍1🔥1👏1
Yoshlar bilan ochiq muloqot va sport musobaqalari: muammolar eshitildi, yechimlar topildi

📍 Nurafshon shahridagi Media xodimlari va ijodkorlar bog‘ida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, shahar prokurori T.Karimov, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shuningdek, shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari E.Alishov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning dolzarb muammolari va takliflari tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Bu esa yoshlarning tashabbuskorligi va faol ishtirokiga bo‘lgan e’tibor samarasi sifatida baholandi.

Tadbirda shahar hokimining tegishli o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.

🟢 Uchrashuv avvalida yoshlar o‘rtasida stol tennisi, armrestling va shaxmat bo‘yicha "Hokim kubogi" sport musobaqalari tashkil etildi. G‘olib va sovrindorlar Nurafshon shahar rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va muammolariga yechim topishda muhim platforma vazifasini o‘tayotganini yana bir bor isbotladi.
2👍2🔥1👏1
#Nurafshon_shahri
#RahbarVaYoshlar
#HokimKubogi

Yoshlar bilan ochiq muloqot va sport musobaqalari: muammolar eshitildi, yechimlar topildi

📍 Nurafshon shahridagi Media xodimlari va ijodkorlar bog‘ida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3🔥2👏1