Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.69K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahri
#RahbarVaYoshlar
#HokimKubogi

Yoshlar bilan ochiq muloqot va sport musobaqalari: muammolar eshitildi, yechimlar topildi

📍 Nurafshon shahridagi Media xodimlari va ijodkorlar bog‘ida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3🔥2👏1
Nurafshon shahri hokimligi
#Sorovnoma Nurafshon shahridagi eng faol maktab direktoriga ovoz bering! So‘rovnoma 2025-yil 12-iyul kuniga qadar davom etadi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
So‘rovnoma yakunlandi!

📊 "Nurafshon shahridagi eng faol maktab direktori" nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘z nihoyasiga yetdi.

🗓 12-iyul 2025-yilga qadar davom etgan ushbu so‘rovnomada eng ko'p 793 ta ovoz bilan, 73-sonli maktab direktori Nadjiye Karakash faxrli 1-o‘rinni egalladi! 🎉
🎖 Tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi


“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
👍1
NURAFSHONDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘IB QILINMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6099-sonli Qaroriga asosan, Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiyot xodimlari ishtirokida ertalabki badantarbiya mashqlari va 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi.

Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi barcha fuqarolarni har kuni ertalab badantarbiya bilan shug‘ullanishga va kamida 5000 qadam yurishga chorlaydi.

Sog‘lom tana — sog‘lom jamiyat!
5👍3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asosiy maqsad — fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash

Toshkent viloyatida “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda. Nurafshon shahrida o‘tkazilgan yo‘riqnomada tungi osoyishtalikni taʼminlash, murojaatlarga tezkor javob berish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish va qonun ustuvorligini saqlash muhim vazifa ekani taʼkidlandi.

Xodimlarning tashqi ko‘rinishi, kiyim-boshi va xizmat anjomlari ko‘zdan kechirilib, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. So‘ngra, saf tortgan xodimlar belgilangan hududlarga yo‘naltirilib, jamoat tartibini saqlash xizmatiga kirishdilar.

Biz — 7 kun, 24 soat siz bilan birgamiz. Yordamga tayyormiz!


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍2👏1
🔝 Shahrimizdagi so'nggi yangiliklardan Nurafshon shahri hokimligi Matbuot xizmatining "Telegram" kanali orqali xabardor bo'lib boring.

🧑‍💻 https://t.me/Nurafshonpressa

Nurafshon shahri hokimligi Matbuot xizmati

RUS/

🔝Будьте в курсе последних новостей нашего города через Telegram-канал Пресс-службы хокимията города Нурафшан.

🧑‍💻 https://t.me/Nurafshonpressa

Пресс-служба хокимията города Нурафшан

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2
#DIQQAT!
#BILDIRISH

📢 E'LON

“Nurafshon jamoat transporti” MChJga ishga taklif etamiz!

“Nurafshon jamoat transporti” MChJ (muassis — Nurafshon shahri hokimligi)quyidagi talablar asosida “D” toifali haydovchilarni ishga taklif qiladi:

Asosiy talablar:
📌 Amaldagi “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish;
📌 Avtobus yoki yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan boshqa transport vositalarini boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik ish tajribasi;
📌 Texnik xizmat ko‘rsatish, yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyatini yaxshi bilish;
📌 Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i bo‘yicha hujjatlar;
📌 Intizomli, mas’uliyatli va halol bo‘lish;
📌 Jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Kerakli hujjatlar:
📍 Haydovchilik guvohnomasi nusxasi
📍 Pasport nusxasi
📍 Mehnat daftarchasi (mavjud bo‘lsa)
📍 086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
📍 3 dona 3x4 rasm

Ish sharoitlari:

💰 Oylik maoshi – 6 000 000 so‘mdan boshlanadi.
🕒 Ish vaqti – reja-jadval asosida tashkil etiladi.

📍 Murojaat uchun:
Nurafshon shahri hokimligiga yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

📞 +998 88 769 50 05
📞 +998 55 902 74 33
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2👌1
#Nazorat

Nurafshon shahrida oziq-ovqat sifati nazorat qilinmoqda !!!

"Dolzarb 90 kun" tadbiri doirasida, 2025-yil 2-iyundagi 186-sonli farmoyish ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar bozori va savdo o’bektlarida profilaktik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB JXX JTSB Karantin guruhi xodimlari veterinariya xizmati va bozor ma'muriyati ishtirok etdi.
Maqsad — botulizm, buzilgan mahsulotlar va muddati o‘tgan tovarlar savdosining oldini olish.

Sotuvchilarga va mas’ullarga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1🔥1