Forwarded from Bosh prokuratura
Бош прокурорнинг биринчи ўринбосари Б.Валиев раҳбарлигидаги ишчи гуруҳи томонидан Президентнинг 03.01.2025 йилдаги ПҚ-1-сон қарори ҳамда жорий йилнинг 5 март куни Давлат раҳбари томонидан Коррупцияга қарши курашиш Миллий Кенгашининг йиғилишида берилган топшириқлар ижроси Тошкент вилоятида ўрганилиши давом этмоқда.
Жумладан, ишчи гуруҳ томонидан Президентнинг 03.01.2025 йилдаги
ПҚ-1-сон қарори ижроси бўйича Нурафшон шаҳар прокуратурасида ташкил этилган шаҳар идоралараро мувофиқлаштирув штаби ва ишчи гуруҳи аъзолари, шунингдек, “ижтимоий профилактика”га масъул бўлган мутасаддиларга тасдиқланган “йўл харита”ларида белгиланган тадбирларни ўз муддатларида сифатли таъминлаш, маҳаллани жиноятчиликдан ҳоли ҳудудга айлантириш бўйича хотин-қизлар, ёшлар ва муқаддам судланганлар ҳамда ишсизлар жиноятчилигини олдини олиш мақсадида уларнинг бандлигини таъминлаш, "Д" ҳисобда турган шахсларни тиббий кўрикдан ўтказиш, 122 нафар хотин-қизлар ва 54 нафар ёшларни бугунги кундаги мавжуд ижтимоий муаммоларини шаҳарда “кичик ишчи гуруҳлари”ни ташкил этган ҳолда қонуний ҳал этиш чораларини кўриш юзасидан мутасадди идоралар раҳбарларига топшириқлар берилиб, ижроси назоратга олинди.
Ўрганишлар давом этмоқда.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Sayt |Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

❤4
Nurafshon shahri hokimligi
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Nurafshon shahrida fuqarolar qabuli
"Tong" madaniyat saroyida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqotda fuqarolarning muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
👥 Tadbirda hokimlik, huquq-tartibot idoralari va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🎯 Maqsad — xalq bilan bevosita muloqot, muammoga joyida yechim!
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

👍3
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Maxsus_dayjest
"Dolzarb 90 kunlik": hududlarda yoshlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda
Angren shahri. Oʻquvchilar oʻrtasida "Kim chaqqon?" shiori ostida sport musobaqasi o'tkazildi.
Bekobod shahri. Yoshlar orasida tennis va shashka sport turidan musobaqalar tashkil qilindi.
Ohangaron shahri. 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan sog'lomlashtirish maskani hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarbiyalanuvchi yoshlari uchun qutqaruv texnikalari namoyishi o'tkazildi.
Yangiyo'l shahri. Kitobxon yoshlar safini kengaytirish maqsadida "Mutolaa" loyihasi tashkil etildi.
Olmaliq shahri. Bir nechta mahallada “Qizlar tarbiyasi — millat tarbiyasi” mavzusida tadbir uyushtirildi.
Chirchiq shahri. Maktablarda turli to‘garaklar va sport mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Nurafshon shahri. “Tong” madaniyat markazida “Yozgi iqtidorlar” festivali bo'lib o'tdi.
Bekobod tumani. "Mehr va e’tibor — bolalar uchun eng katta tuhfa" mavzusida o'tkazilgan tadbirda o'quvchi-yoshlar faollik bilan ishtirok etdi.
Bo'ka tumani. Umumta'lim maktablari va bog'chalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan madaniy tadbirlar o'tkazildi.
Bo'stonliq tumani. “Kitobxon o‘quvchi”, “Men til o‘rganmoqdaman”, “Kel, kasb tanlaymiz”, “Jadidlarni taniysanmi?” singari bir-biridan qiziqarli mashg‘ulotlar o‘g‘il-qizlarning intellektual salohiyatini kamol topishida muhim o‘rin tutmoqda.
Zangiota tumani. Yoshlar bilan tarixiy obida va maskanlarga sayohat uyushtirildi.
Ohangaron tumani. "Sanam" MFYda yosh sportchilar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Oqqo'rg'on tumani. Bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Xizmatingga tayyormiz, jonajon Vatan” shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Piskent tumani. Bozor va savdo obyektlarida profilaktik nazorat tadbirlari olib borildi.
Parkent tumani. 40-umumta'lim maktabida o'quvchi yoshlarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etishga qaratilgan turli sport va madaniy-maʼnaviy tadbirlar tashkil qilindi.
Toshkent tumani. 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Turon” yakka kurash toʻgaragi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Yuqori Chirchiq tumani. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan madaniy tadbirlar olib borilmoqda.
O'rta Chirchiq tumani. 42-maktabda kasb-hunar ta'limidan bitiruvchilar uchun yakuniy imtixon jarayonlari qizg'in boʻlib oʻtmoqda.
Quyi Chirchiq tumani. 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini, kibersport, futbol, voleybol musobaqalari tashkil etildi.
Qibray tumani. "Sport va do'stlik bir maydonda" shiori ostida o'tkaziladigan tuman hokimi kubogi futbol bahslariga start berildi.
Yangiyo'l tumani. “Barkamol avlod” bolalar maktabida yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, ularning dunyoqarashi va iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida qator to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.
Chinoz tumani. O'quvchilar ishtirokida "Muz saroy" muzeyiga sayohat uyushtirildi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 🌐 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Bosh prokuratura
Бош прокурорнинг биринчи ўринбосари Б.Валиев раҳбарлигидаги ишчи гуруҳи томонидан Давлат раҳбарининг жорий йилнинг 5 март куни ўтказилган Коррупцияга қарши курашиш Миллий кенгаш йиғилишида берилган топшириқлари ҳамда ҳудудларда коррупциянинг олдини олиш, унга қарши курашиш, шу жумладан маиший коррупцияга барҳам бериш бўйича тасдиқланган “йўл харита” ижроси Тошкент вилоятида ўрганилиши давом этмоқда.
Хусусан, соғлиқни сақлаш соҳасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида белгиланган вазифаларнинг ижроси Нурафшон шаҳар тиббиёт бирлашмасида ўрганилди.
Ўрганишда, соғлиқни сақлаш соҳасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасидаги “йўл харита”да белгиланган вазифаларнинг ижроси шаҳар тиббиёт бирлашмасида беморларга тиббий хизмат кўрсатиш жараёнларини рақамлаштирилганлиги, муассасага коррупцияни олдини олишга қаратилган чақириқлар, коррупцияга дуч келганда мурожаат қилиш мумкин бўлган ишонч телефонлари қайд этилган баннер ва плакатлар жойлаштирилганлиги ва аҳолига кўрсатиладиган бепул тиббий хизматлар, бепул бериладиган дори-дармонлар тўғрисидаги маълумотларни барча учун кўринарли жойларга ўрнатилганлиги кўздан кечирилди, тиббий муассасага келган фуқаролар билан бевосита суҳбатлар ўтказилиб, тиббий хизмат кўрсатиш жараёнларини тўлиқ рақамлаштириш, тиббий хизмат сифатини янада ошириш юзасидан масъулларга топшириқлар берилди.
Ўрганишлар давом этмоқда.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Sayt |Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Хусусан, соғлиқни сақлаш соҳасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида белгиланган вазифаларнинг ижроси Нурафшон шаҳар тиббиёт бирлашмасида ўрганилди.
Ўрганишда, соғлиқни сақлаш соҳасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасидаги “йўл харита”да белгиланган вазифаларнинг ижроси шаҳар тиббиёт бирлашмасида беморларга тиббий хизмат кўрсатиш жараёнларини рақамлаштирилганлиги, муассасага коррупцияни олдини олишга қаратилган чақириқлар, коррупцияга дуч келганда мурожаат қилиш мумкин бўлган ишонч телефонлари қайд этилган баннер ва плакатлар жойлаштирилганлиги ва аҳолига кўрсатиладиган бепул тиббий хизматлар, бепул бериладиган дори-дармонлар тўғрисидаги маълумотларни барча учун кўринарли жойларга ўрнатилганлиги кўздан кечирилди, тиббий муассасага келган фуқаролар билан бевосита суҳбатлар ўтказилиб, тиббий хизмат кўрсатиш жараёнларини тўлиқ рақамлаштириш, тиббий хизмат сифатини янада ошириш юзасидан масъулларга топшириқлар берилди.
Ўрганишлар давом этмоқда.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Sayt |Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
❤3👍2
#diqqat
#bildirish
📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:
🔹 2025-yil 15-iyul kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri hokimligi binosida
🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.
✅ Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!
Sizni eshitamiz va yechim topamiz!
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#bildirish
📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:
🔹 2025-yil 15-iyul kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri hokimligi binosida
🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.
✅ Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!
Sizni eshitamiz va yechim topamiz!
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
❤3👍2👎1
▫️▫️▫️▫️▫️
🔊 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
Bugun, 15-iyuldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:
1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.
O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!
#tashabbusli_budjet #open_budget
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

❤3
Shaharda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Nurafshon shahri hududida obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar doirasida gul va daraxt ko‘chatlari ekilmoqda, mavjud ko‘chatlar muntazam ravishda sug‘orilmoqda hamda o‘sib ketgan yovvoyi o‘tlar kaltalanmoqda.
Shuningdek, yangi ekilgan ko‘chatlarni samarali parvarishlash maqsadida zamonaviy sug‘orish tizimlarini joriy etish ishlari ham olib borilmoqda. Bu esa shaharning ekologik muhitini yaxshilash, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

👍3❤1👏1👌1