Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Obodonlashtirish
#YashilKelajak
#Hashar

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan "Yashil kelajak" bog'ida hashar tashkil qilinib, bog' hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#diqqat
#bildirish

“Ishga marhamat!” – Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi


Nurafshon shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Mehnat yarmarkasida ishsiz fuqarolar, jumladan, ish izlayotgan yoshlar, xotin-qizlar va probatsiya ro‘yxatida turgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Tadbirda ishtirokchilar shaharda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📅 Tadbir vaqti: 2025-yil 22-iyul, soat 10:00
📍 Manzil: Taraqqiyot MFY binosi


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3
#diqqat
#bildirish

📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 22-iyul kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri Yangiobod MFY 48-sonli maktab binosida

🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.

Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!

Sizni eshitamiz va yechim topamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2👏1
“Ishga marhamat!” – Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘ini binosida “Ishga marhamat!” shiori ostida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarka Nurafshon shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Yarmarkada shaharda faoliyat yuritayotgan 12 ta korxona va tashkilotlar 412 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Unda ishsiz fuqarolar, jumladan, ish izlayotgan yoshlar, xotin-qizlar hamda probatsiya ro‘yxatida turgan shaxslar faol qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot olish, joyida suhbatdan o‘tish hamda ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍1
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюриб, "Зомин технопарки" махсус саноат зонасини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Джизакскую область и ознакомился с деятельностью особой промышленной зоны «Зааминский технопарк».

#Mirziyoyev #safar #Jizzax #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4👍1
Меҳнат дафтарчангизни рақамлаштиринг.

РАҚАМЛАШТИРИШ УЧУН ҚАЕРГА МУРОЖААТ ҚИЛИШ МУМКИН ?

👨‍💻 Агар Сиз ишлаётган бўлсангиз иш жойингиздаги кадрлар бўлимига мурожаат қилишингиз ва барча маълумотларингизни "Ягона меҳнат миллий тизими" идоралараро дастурий-аппарат комплексига киритишни талаб қилишингиз мумкин.

🏢 Агар меҳнат фаолиятини юритмаётган (ишсиз) бўлсангиз Меҳнат дафтарчангиз билан Бандликка кўмаклашиш марказларига мурожаат қилинг.

⚡️Меҳнат дафтарчангиздаги маълумотларни рақамлаштиришингиз бепул амалга оширилади.

Пенсия жамғармаси Тошкент вилоят ахборот хизмати.

☎️  Ишонч телефон 1271

☎️ 95- 340 40 18

Каналга уланинг 👉 https: //t.me/Tosh_vil_pensiya
1
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, muammolar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi

Nurafshon shahridagi 48-sonli umumta’lim maktabida Yangiobod mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shuningdek, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida 13 nafar fuqarolarning kadastr va yer-mulk hujjatlari, moddiy yordam, aliment, tadbirkorlikni boshlash uchun ko‘mak, ichimlik suvi ta’minoti, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati, subsidiya ajratish, bolalar nafaqasi hamda kredit olishda amaliy yordam kabi 21 ta murojaati ko'rib chiqildi. Ulardan 2 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa muddat talab qiluvchi masalalar bo‘lgani bois, tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Telegram |Facebook | Instagram
👍41