Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, muammolar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi

Nurafshon shahridagi 48-sonli umumta’lim maktabida Yangiobod mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shuningdek, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida 13 nafar fuqarolarning kadastr va yer-mulk hujjatlari, moddiy yordam, aliment, tadbirkorlikni boshlash uchun ko‘mak, ichimlik suvi ta’minoti, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati, subsidiya ajratish, bolalar nafaqasi hamda kredit olishda amaliy yordam kabi 21 ta murojaati ko'rib chiqildi. Ulardan 2 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa muddat talab qiluvchi masalalar bo‘lgani bois, tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Telegram |Facebook | Instagram
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍 Nurafshon shahri – sayyor qabul

Yangiobod mahallasida sayyor fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda shahar hokimi, Prezident Administratsiyasi ishchi guruhi a’zolari va mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

👥 13 nafar fuqaro tomonidan 21 ta murojaat bildirildi.
Murojaatlar: kadastr, moddiy yordam, aliment, tadbirkorlik, ichimlik suvi, boshqaruv servis kompaniyasi, subsidiya, bolalar nafaqasi va kredit masalalarini qamrab oldi.

2 ta murojaat joyida hal etildi
📌 Qolganlari ijrosi nazoratga olingan holda mas’ullarga yo‘naltirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👏1