Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Nurafshon shahri Madaniyat bo‘limi tomonidan mahallalarda bayramona konsert dasturlari uyushtirilmoqda.

Shu munosabat bilan:
📅 Bugun, 8-avgust kuni
🕖 Soat 19:00 da

📍 “Tong” madaniyat saroyida
Nurafshon mahallasi fuqarolari uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni ushbu bayramona tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#Bildirish

Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2025 yil 9 avgust kuni soat 10 00 da Nurafshon shahar hokimligi binosi oldida Kambagallikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limining tashabbusi bilan  Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo'limi bilan hamkorligida bo'sh ish o'rinlari mexnat yarmarkasi o'tkaziladi.Mexnat yarmarkasiga Toshkent shahridan Artel va Akfa korxonalaridan vakillar kelishi kutilmoqda. Mexnat yarmarkasidan so'ng Artel korxonasiga ekskursiya uyushtirilishi rejalashtirilgan.

Barcha ish qidirayotgan yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Ish izlayotgan har bir fuqarolarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqiramiz!
3👎2
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi:

9-avgust 2025-yil kuni soat 11:00 dan 12:00 gacha To'y tepa – 6 kV tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Oybek, Obod, Yangiobod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, Uchqun va To'y tepa mahallalarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.


📞 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (dispetcher)

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Elektr ta'minoti barqarorligi va xavfsizligi uchun ushbu ishlar zarur hisoblanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Yoshlar bilan uchrashuv

Nurafshon shahar hokimligida shahar hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Artel (boiler ishlab chiqaruvchi) korxonasi vakillari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida rahbarlar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, Artel korxonasida ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ishga joylashish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Artel vakillari korxonadagi ish imkoniyatlari va ish sharoitlari bo‘yicha aniq ma’lumotlarni taqdim etdi. Yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi, ularning savollariga tegishli mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Mehnat yarmarkasi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi tadbiri doirasida Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov ishtirok etib, yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ularni faol bo‘lishga, yangi imkoniyatlardan unumli foydalanishga va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga chorladi.

Mazkur yarmarkada 18 ta korxona va tashkilot jami 456 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Unda 70 nafar yoshlar ishtirok etib, ulardan 14 nafari ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi, 6 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi, qolgan 55 nafar ishsiz yosh esa Artel korxonasiga ekskursiya qilish maqsadida yo‘lga chiqdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1