Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Yoshlar bilan uchrashuv

Nurafshon shahar hokimligida shahar hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Artel (boiler ishlab chiqaruvchi) korxonasi vakillari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida rahbarlar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, Artel korxonasida ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ishga joylashish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Artel vakillari korxonadagi ish imkoniyatlari va ish sharoitlari bo‘yicha aniq ma’lumotlarni taqdim etdi. Yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi, ularning savollariga tegishli mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Mehnat yarmarkasi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi tadbiri doirasida Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov ishtirok etib, yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ularni faol bo‘lishga, yangi imkoniyatlardan unumli foydalanishga va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga chorladi.

Mazkur yarmarkada 18 ta korxona va tashkilot jami 456 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Unda 70 nafar yoshlar ishtirok etib, ulardan 14 nafari ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi, 6 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi, qolgan 55 nafar ishsiz yosh esa Artel korxonasiga ekskursiya qilish maqsadida yo‘lga chiqdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1