Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan shahar hududidagi ko‘p qavatli uylar, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda qurilish obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan aholi va xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish tartiblari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralariga oid tushuntirishlar berildi.

Mazkur profilaktik tadbirlar kelgusi mavsumda xavfsizlikni ta’minlash va hodisalar oldini olishga xizmat qiladi.
"20-avgustdan 25-sentabrgacha davom etadigan 'Huquqiy madad: Mahalla yettiligiga' aksiyasi doirasida aholiga bepul yuridik maslahatlar, huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha suhbatlar va amaliy yordam ko‘rsatiladi."

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#BSKlar_faoliyatidan
#jarayon

Nurafshon shahrida ko‘p qavatli uylarda obodonlashtirish va xavfsizlik ishlari davom etmoqda

Shahar hududida ko‘p qavatli uylarni boshqaruvchi “Bekzod 777 servis” hamda “To'y tepa Yuksak Servis” boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kirish yo‘laklari ta’mirlanib, kirish eshiklariga domofon qurilmalari o‘rnatilmoqda. Xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar tomonidan liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, uylar atrofi obodonlashtirilib, bolalar maydonchalari ta’mirdan chiqarilmoqda. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatining tezkor chaqiruv tugmalari ham kirish eshiklariga o‘rnatilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt.
2👏1
Milliylik — Qonimizda, Ruhimizda, Vatandek Aziz

Milliylik — bu shunchaki kiyimimiz yoki tilimiz emas. Bu — qalbimizning urushi, tariximizning nafasidir. U biz bilan birga tug‘ilgan, biz bilan ulg‘aygan va biz bilan birga kelajak sari qarab bormoqda. Milliylik bizni boshqa elat va xalqlardan ajratib turuvchi emas — balki o‘zligimizni anglash, ildizlarimizga bo‘lgan sadoqatimizdir.

Biz har bir do‘ppi tikuvimizda, har bir navoni kuylaganimizda, bobokalonlarimizdan qolgan duolarni yod olganimizda milliyligimizni yashaymiz. Bu tuyg‘u qonimizda oqadi — ona sutidek beg‘ubor, yurak urushi kabi uzluksiz.

Zamonaviylik sari olg‘a borar ekanmiz, o‘zligimizni unutmaslik — eng muqaddas burchimizdir. Zero, millatni buyuk qiladigan ham, uni yo‘qotadigan ham — shu milliy tuyg‘uning saqlanishi yoki yo‘qolishidir.

Shunday ekan, kelajak avlodga faxr bilan ayta olaylik: biz — o‘z millatini sevgan, asragan, uni yuragida olib yurgan avlodmiz. Chunki milliylik — bu bizning qonimizda.
3👍3
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 142 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 6 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#deputat_iqtibosi

🖍"Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida yirik korxonalar soni kamayib, kichik korxonalar soni keskin o‘sadi. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bozor iqtisodiyoti talablariga tezda moslashib, innovatsiyalarni o‘zlashtirishda ilg‘ordir."

HAMIDOV ANIS CHORIYEVICH
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati, Toshkent viloyati “Governess Business” MCHJ bir necha yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkor.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Nurafshon shahri Madaniyat bo‘limi tomonidan mahallalarda bayramona konsert dasturlari uyushtirilmoqda.

Shu munosabat bilan:
📅 Bugun, 13-avgust kuni
🕖 Soat 19:00 da

📍 “Ijodkorlar bog'i”da
Qumariq mahallasi fuqarolari uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni ushbu bayramona tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt