Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.1K photos
3.92K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида тўқимачилик соҳасида экспорт имкониятлари ва захираларни ишга солиш масалалари юзасидан ўтказилган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, yechimlar belgilandi

"Obod" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulga Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov hamda shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Yuldashev, shu bilan birga tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda fuqarolarning quyidagi masalalari tinglandi:
— moddiy yordam va o‘qish uchun to‘lov-kontrakt bilan bog‘liq murojaatlar;
— kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
— sog‘lig‘ini tiklash va tibbiy ko‘mak;
— uy-joyni ta’mirlashga ko‘mak;
— gaz ta’minoti va boshqa kommunal xizmatlar.

Murojaatlarning aksariyatiga joyida ijobiy yechim topildi. Muddat talab qiluvchi masalalar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi, ijro muddati belgilandi va qat’iy nazorat o‘rnatildi.

Nurafshon shahri hokimining sayyor qabullarni tizimli ravishda davom ettiradi va aholining har bir murojaatini eshitish hamda hal etishga intiladi.
4
📍 DIQQAT! “Uzum sayli” FESTIVALI

2025-yil 22–23 avgust kunlari Toshkent viloyati, Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida an’anaviy “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir doirasida:

🍇 Uzum va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi
🎤 Gala-konsertlar va madaniy dasturlar
🧑‍🔬 Ilmiy-amaliy konferensiyalar
🎪 Milliy urf-odatlar namoyishi kabilar tashkil etiladi.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Parkentning boy tabiati, uzumchilik an’analari va milliy qadriyatlar ruhidagi ushbu sayilga taklif etamiz.

📌 Kirish bepul!

📍Manzil
____

📍 ВНИМАНИЕ! ФЕСТИВАЛЬ «ПРАЗДНИК ВИНОГРАДА»

22–23 августа 2025 года в селе Заркент, Паркентского района Ташкентской области, состоится традиционный фестиваль «Uzum sayli»Праздник винограда.

В рамках мероприятия пройдут:

🍇 Ярмарка-выставка винограда и сельскохозяйственной продукции
🎤 Гала-концерты и культурные программы
🧑‍🔬 Научно-практические конференции
🎪 Демонстрация национальных обычаев и традиций

Приглашаем всех жителей и гостей страны окунуться в атмосферу Паркента — края богатой природы, виноградарства и самобытной культуры!

📌 Вход свободный!

📍Локация
____

📍 ATTENTION! “Uzum Sayli” GRAPE FESTIVAL

On August 22–23, 2025, the traditional “Uzum Sayli” (Grape Festival) will take place in Zarkent village, Parkent district, Tashkent region.

Within the framework of the event:


🍇 Exhibition and fair of grapes and agricultural products
🎤 Gala concerts and cultural performances
🧑‍🔬 Scientific and practical conferences
🎪 Showcases of national customs and traditions

We warmly invite all fellow citizens and guests to experience the rich nature, viticulture traditions, and cultural heritage of Parkent.

📌 Free admission!

📍Location

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐Instagram Faceboo🕊Twitter
2👎1
Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasida ma’rifat soati o‘tkazildi

Bugun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari uchun “Ona yurt fidoyilari” mavzusida ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq kengashi deputati Sh.Radjapov olib bordi.

Ma’rifat soatida Avloniy, Fitrat, Behbudiy, Ibrat, Botu va Munavvar Qori kabi yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan ma’rifatparvar ajdodlar hayoti hamda ularning bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilarida milliy g‘urur, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
1
...
⚡️Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan  vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari va davlat tashkiloti xodimlari uchun "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etilmoqda.

⚡️Joriy yilning 15-avgust kuni "Siyosiy-maʼrifаt soati" Nurafshon shahri hokimlik xodimlari va korxon-tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla raislari va hokim yordamchilari uchun yuqori saviyada tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, "Siyosiy-maʼrifat soati" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1