Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
📍 DIQQAT! “Uzum sayli” FESTIVALI

2025-yil 22–23 avgust kunlari Toshkent viloyati, Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida an’anaviy “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir doirasida:

🍇 Uzum va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi
🎤 Gala-konsertlar va madaniy dasturlar
🧑‍🔬 Ilmiy-amaliy konferensiyalar
🎪 Milliy urf-odatlar namoyishi kabilar tashkil etiladi.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Parkentning boy tabiati, uzumchilik an’analari va milliy qadriyatlar ruhidagi ushbu sayilga taklif etamiz.

📌 Kirish bepul!

📍Manzil
____

📍 ВНИМАНИЕ! ФЕСТИВАЛЬ «ПРАЗДНИК ВИНОГРАДА»

22–23 августа 2025 года в селе Заркент, Паркентского района Ташкентской области, состоится традиционный фестиваль «Uzum sayli»Праздник винограда.

В рамках мероприятия пройдут:

🍇 Ярмарка-выставка винограда и сельскохозяйственной продукции
🎤 Гала-концерты и культурные программы
🧑‍🔬 Научно-практические конференции
🎪 Демонстрация национальных обычаев и традиций

Приглашаем всех жителей и гостей страны окунуться в атмосферу Паркента — края богатой природы, виноградарства и самобытной культуры!

📌 Вход свободный!

📍Локация
____

📍 ATTENTION! “Uzum Sayli” GRAPE FESTIVAL

On August 22–23, 2025, the traditional “Uzum Sayli” (Grape Festival) will take place in Zarkent village, Parkent district, Tashkent region.

Within the framework of the event:


🍇 Exhibition and fair of grapes and agricultural products
🎤 Gala concerts and cultural performances
🧑‍🔬 Scientific and practical conferences
🎪 Showcases of national customs and traditions

We warmly invite all fellow citizens and guests to experience the rich nature, viticulture traditions, and cultural heritage of Parkent.

📌 Free admission!

📍Location

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐Instagram Faceboo🕊Twitter
2👎1
Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasida ma’rifat soati o‘tkazildi

Bugun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari uchun “Ona yurt fidoyilari” mavzusida ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq kengashi deputati Sh.Radjapov olib bordi.

Ma’rifat soatida Avloniy, Fitrat, Behbudiy, Ibrat, Botu va Munavvar Qori kabi yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan ma’rifatparvar ajdodlar hayoti hamda ularning bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilarida milliy g‘urur, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
1
...
⚡️Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan  vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari va davlat tashkiloti xodimlari uchun "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etilmoqda.

⚡️Joriy yilning 15-avgust kuni "Siyosiy-maʼrifаt soati" Nurafshon shahri hokimlik xodimlari va korxon-tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla raislari va hokim yordamchilari uchun yuqori saviyada tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, "Siyosiy-maʼrifat soati" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
19-maktabda qo‘shimcha bino qurilishi yakunlanish arafasida

PQ-454-sonli qaror asosida investitsiya dasturi doirasida Xurriyat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 19-maktabda 270 o‘rinli qo‘shimcha bino barpo etilmoqda. Qurilish ishlarining 85 foizi allaqachon bajarildi. Loyihani “ZOHIRSHOX QURILISH SERVIS” MCHJ amalga oshirmoqda.

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, shahar prokuror yordamchisi I.Sadullayev va hokim o‘rinbosari F.Shomurodov qurilish maydoniga tashrif buyurib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida obyektni sifatli va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, ish jarayonini tezlashtirish hamda ishchi kuchini ko‘paytirish bo‘yicha pudratchi tashkilotga aniq topshiriqlar berildi.

Hozirda binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari, santexnika tizimini o‘rnatish hamda boshqa yakuniy qurilish jarayonlari davom etmoqda. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, 19-maktabda o‘quvchilar uchun yanada qulay, zamonaviy va keng sharoitlar yaratiladi.

Telegram
👍73
#Diqqat
#Bildirish

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi sizga shuni ma’lum qiladi:

Dehqonobod MFY D-114 mm li o‘rta bosimdagi ko‘cha gaz quvurlarini ta’mirlash va ko‘chirish ishlari olib borilishi munosabati bilan:

🛠 2025-yil 16-avgust kuni, soat 09:00 dan 18:00 gacha
Dehqonobod MFYning Dehqonobod, Bobur va Paxtakor
ko‘chalarida yashovchi aholi va ulgurji iste’molchilarning gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

ℹ️ Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan:

aholi xonadonlari soni — 120 ta
ulgurji iste’molchilar soni — 1 ta

📞 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
☎️ 104 yoki 📱 (99) 004-81-04

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👎1