...
⚡️Joriy yilning 15-avgust kuni "Siyosiy-maʼrifаt soati" Nurafshon shahri hokimlik xodimlari va korxon-tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla raislari va hokim yordamchilari uchun yuqori saviyada tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, "Siyosiy-maʼrifat soati" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
⚡️Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari va davlat tashkiloti xodimlari uchun "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etilmoqda.
⚡️Joriy yilning 15-avgust kuni "Siyosiy-maʼrifаt soati" Nurafshon shahri hokimlik xodimlari va korxon-tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla raislari va hokim yordamchilari uchun yuqori saviyada tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, "Siyosiy-maʼrifat soati" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
❤1
19-maktabda qo‘shimcha bino qurilishi yakunlanish arafasida
PQ-454-sonli qaror asosida investitsiya dasturi doirasida Xurriyat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 19-maktabda 270 o‘rinli qo‘shimcha bino barpo etilmoqda. Qurilish ishlarining 85 foizi allaqachon bajarildi. Loyihani “ZOHIRSHOX QURILISH SERVIS” MCHJ amalga oshirmoqda.
Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, shahar prokuror yordamchisi I.Sadullayev va hokim o‘rinbosari F.Shomurodov qurilish maydoniga tashrif buyurib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida obyektni sifatli va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, ish jarayonini tezlashtirish hamda ishchi kuchini ko‘paytirish bo‘yicha pudratchi tashkilotga aniq topshiriqlar berildi.
Hozirda binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari, santexnika tizimini o‘rnatish hamda boshqa yakuniy qurilish jarayonlari davom etmoqda. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, 19-maktabda o‘quvchilar uchun yanada qulay, zamonaviy va keng sharoitlar yaratiladi.
Telegram

👍7❤3
#Diqqat
#Bildirish
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi sizga shuni ma’lum qiladi:
Dehqonobod MFY D-114 mm li o‘rta bosimdagi ko‘cha gaz quvurlarini ta’mirlash va ko‘chirish ishlari olib borilishi munosabati bilan:
🛠 2025-yil 16-avgust kuni, soat 09:00 dan 18:00 gacha
Dehqonobod MFYning Dehqonobod, Bobur va Paxtakor ko‘chalarida yashovchi aholi va ulgurji iste’molchilarning gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
ℹ️ Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan:
aholi xonadonlari soni — 120 ta
ulgurji iste’molchilar soni — 1 ta
📞 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
☎️ 104 yoki 📱 (99) 004-81-04
"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

❤2👎1
Isteʼmolchi huquqingiz buzildimi? Biz yordam beramiz!
Toshkent viloyati Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi — sizning qonuniy huquq va manfaatlaringizni himoya qiladi.
💡 Kimlar isteʼmolchi?
Shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlari uchun tovar sotib olgan, xizmat yoki ishdan foydalangan har bir fuqaro — bu isteʼmolchi.
📌 Biz nima qilamiz?
Sifatsiz tovar bo‘yicha nizolarni hal etamiz
Xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beramiz
Ish bajarishdagi nuqsonlar uchun qonuniy choralarni ko‘ramiz
Huquqlaringizni sud va suddan tashqarida himoya qilamiz
☎️ 1091 — yagona qisqa raqam
📱 Telegram: @Toshkentviloyati1091IHHQJ
🔗 https://t.me/Toshkentviloyati1091IHHQJ
⚖️ Huquqingiz — bizning vazifamiz!

👍4
Nurafshonlik jajji raqqosalar xalqaro tanlovda yuksak natijalarga erishdi
Joriy yilning 31-iyul – 4-avgust kunlari Qozog‘iston Respublikasi Almata shahrida “Bala shabiti” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli san’at anjumanida Rossiya, Germaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari qatorida O‘zbekiston sharafini Toshkent viloyati Nurafshon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi qoshidagi “Boychechak” raqs jamoasining 4 nafar jajji ishtirokchilari munosib himoya qildilar.
Qizaloqlarimizning ijodiy chiqishlari yuqori baholanib, ular 4 ta GRAN-PRI va 1 ta birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ushbu muvaffaqiyat Toshkent viloyati hamda Nurafshon shahrining madaniyat va san’at yo‘nalishida xalqaro miqyosda tanilishida muhim qadam bo‘ldi.
Nurafshon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Boychechak” raqs jamoasi qizlarini erishgan yutuqlari bilan chin qalbdan muborakbod etamiz va ularga kelgusi tanlovlarda ham yanada yuksak zafarlar tilaymiz!

👍8❤1