Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.2K photos
3.92K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshonda hududlarni obodonlashtirish ishlari kuchaytirilmoqda

Nurafshon shahrining Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar, tadbirkorlik obyektlari hamda tijorat banklari atrofini obodonlashtirish, tashqi reklama yorliqlarini tartibga keltirish maqsadida shahar hokimi I. Klichxanov, IIB rahbari A. Yuldashev va Soliq inspeksiyasi rahbari J. Sayfiyev boshchiligida tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbirkor va mulk egalariga tushuntirishlar berilib, Nurafshon shahri viloyat ma’muriy markazi ekani, ayniqsa bayram arafasida turli mehmonlar tashrif buyurishi bois hududlarni yanada obodonlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2
#deputat_iqtibosi

🖍"Nuroniylar — boy hayotiy tajriba, ma’naviy va ruhiy quvvat manbaidir.”

JO'RA AXMEDQULOV
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati,“Nuroniy” jamg‘armasi Nurafshon shahri bo‘limi boshlig‘i.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👏2👍1🔥1
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Quyi Chirchiq tumanidagi Beruniy madaniyat saroyida “Turon” maktab teatr jamoalari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tanlovda Nurafshon shahri sharafini munosib himoya qilgan 48-maktab jamoasi sahnadagi mahorati va ijodiy izlanishlari bilan ajralib turib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoa 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq Nurafshon shahri yoshlari ijodiy salohiyatining yorqin ifodasi bo‘lib, ularning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Shuningdek, tanlovda 1-o‘rinni Zangiota tumani jamoasi (75 million so‘m), 2-o‘rinni esa Chirchiq shahar jamoasi (50 million so‘m) qo‘lga kiritdi.

Tadbir Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2
#tibbiyot

🩺 Birlik mahallasi aholisi uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Nurafshon shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan Birlik mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tor soha mutaxassislari, umumiy amaliyot shifokorlari, terapevt shifokorlar, EKG, UZD tekshiruvlari va laboratoriya tahlillari amalga oshirildi.

Mazkur tadbir aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash va profilaktik tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1