Nurafshonda hududlarni obodonlashtirish ishlari kuchaytirilmoqda
Nurafshon shahrining Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar, tadbirkorlik obyektlari hamda tijorat banklari atrofini obodonlashtirish, tashqi reklama yorliqlarini tartibga keltirish maqsadida shahar hokimi I. Klichxanov, IIB rahbari A. Yuldashev va Soliq inspeksiyasi rahbari J. Sayfiyev boshchiligida tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbirkor va mulk egalariga tushuntirishlar berilib, Nurafshon shahri viloyat ma’muriy markazi ekani, ayniqsa bayram arafasida turli mehmonlar tashrif buyurishi bois hududlarni yanada obodonlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

❤2
#deputat_iqtibosi
🖍"Nuroniylar — boy hayotiy tajriba, ma’naviy va ruhiy quvvat manbaidir.”
JO'RA AXMEDQULOV
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati,“Nuroniy” jamg‘armasi Nurafshon shahri bo‘limi boshlig‘i.

❤2👏2👍1🔥1
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Quyi Chirchiq tumanidagi Beruniy madaniyat saroyida “Turon” maktab teatr jamoalari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli tanlovda Nurafshon shahri sharafini munosib himoya qilgan 48-maktab jamoasi sahnadagi mahorati va ijodiy izlanishlari bilan ajralib turib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoa 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq Nurafshon shahri yoshlari ijodiy salohiyatining yorqin ifodasi bo‘lib, ularning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.
Shuningdek, tanlovda 1-o‘rinni Zangiota tumani jamoasi (75 million so‘m), 2-o‘rinni esa Chirchiq shahar jamoasi (50 million so‘m) qo‘lga kiritdi.
Tadbir Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

❤3👍2
#tibbiyot
🩺 Birlik mahallasi aholisi uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Nurafshon shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan Birlik mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tor soha mutaxassislari, umumiy amaliyot shifokorlari, terapevt shifokorlar, EKG, UZD tekshiruvlari va laboratoriya tahlillari amalga oshirildi.
Mazkur tadbir aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash va profilaktik tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

❤1
Nurafshonda ko‘p qavatli uylar qurilishi jadal davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi ПФ-26-sonli Farmoniga muvofiq, Nurafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivida 427 ta xonadonli 6 ta ko‘p qavatli uylar barpo etilishi belgilangan.
Hozirgacha “Bright-Future House” MCHJ tomonidan 60 ta xonadonga ega 1 ta uy foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari 90 foizga yetgan bo‘lib, yil yakuniga qadar 773 ta xonadonli 11 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025-yil 1-sentabrga qadar yana 6 ta uyda 550 ta xonadon aholiga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan:
“Bright-Future House” MCHJ – 2 ta uy (140 ta xonadon),
“Taromush” MCHJ – 2 ta uy (264 ta xonadon),
“Modern-Bright Group” MCHJ – 1 ta uy (90 ta xonadon).
Ushbu uylarning foydalanishga topshirilishi nurafshonliklarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

👍1