Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#qurilish
#Tashabbusli_byujet
#12_DMTT

12-DMTTda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Joriy yil 19-avgust kuni Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov 12-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrifda hokim o‘rinbosari F. Shomurodov hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

2025-yilning 1-mavsum “Open Budget” dasturi doirasida mazkur ta’lim muassasasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari “MAXSUS ENERGIYA STROY” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga qadar belgilangan rejadan 50 foiz ishlar bajarilgan bo‘lib, jarayon sifat va muddatga qat’iy rioya etilgan holda davom ettirilmoqda.

Ta’mirlash yakunlangach, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratiladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2