Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.2K photos
3.92K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Ma'rifat mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi

Aholining turmush sharoitini yaxshilash, muammolarini joyida hal etish va takliflarini tinglash maqsadida Nurafshon shahrida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahri Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan qabulda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov, shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Tilavov, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarbayev hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul davomida 23 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ular orasida moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy ta’miri, kredit olish, yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi, kontrakt to‘lovlari va ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab qiluvchi masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat

Men – Mustaqillik tengdoshiman!


O‘zbekiston Mustaqilligi e’lon qilingan yili dunyoga kelgan avlod vakiliman. Bizning hayotimiz – Mustaqillikning mevasidir. Bolaligimizdan mustaqil yurt havosini yutib, erkinlik, ozodlik va Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat tuyg‘usi bilan ulg‘aydik.

@Nurafshon_shahar_manaviyat
4🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzum sayliga bir kun qoldi | No comment

📍Lokatsiya

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
👍2
Shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shilmoqda

Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Jumladan, Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab aholiga qulay va ko‘rkam muhit yaratish maqsadida landshaft dizayni asosida turli xil manzarali gullar ekilib, turli dekoratsiyalar o‘rnatilmoqda.

Shahar hokimi I. Klichxanov olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, hududni yanada go‘zal ko‘rinishga keltirish borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍21👎1
Umumxalq hashari oldidan yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 22–23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hashari oldidan Nurafshon shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda hasharning shahrimizdagi barcha mahallalarda, ta’lim muassasalarida, qabristonlarda, bozor hududlarida hamda korxona va tashkilotlarda yuqori saviyada va bayramona ruhda tashkil etilishi muhokama qilindi.

Shahar hokimi tomonidan obodonlashtirish va tozalash ishlarini sifatli amalga oshirish, bayram oldidan shahar ko‘chalariga gul ko‘chatlari ekish, davlat bayroqlarini ilish va bayramona bezatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda shahar korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etib, hasharning samarali va ko‘tarinki ruhda o‘tishi yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2
Nurafshon shahrida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda.

Rasmda Qumariq mahallasi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1