Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Тошкентдаги “Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев бутун халқимизни, хориждаги ватандошларимизни давлатимиз мустақиллигининг 34 йиллик шонли санаси билан табриклади.

В столичном парке «Янги Узбекистон» состоялись торжества по случаю Дня независимости. Президент Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил весь наш народ и соотечественников за рубежом с 34-й годовщиной государственной независимости.

#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik #34yil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2👍1
#tuhfa

Nurafshonda Mustaqillik bayrami arafasida yangi binoning ochilishi bo‘lib o‘tdi 🎉🇺🇿

Nurafshon shahrida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida katta bayramona tadbir tashkil etildi. Ma’rifat mahallasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda Mahalla uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbariyati, Xalq deputatlari, “Oqila ayollar” harakati vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashib, yangi binoning faoliyati va uning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ochilish marosimi doirasida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus yurtimizda mahalla institutini mustahkamlash, aholining turmush tarzini yanada yaxshilash va yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍1🔥1👏1
#live

⚡️19-мактабнинг янги биноси очилди

Нурафшон шаҳрининг “Чиғириқ” маҳалласида 19-умумий ўрта таълим мактабининг янги биноси очилишига бағишланган маросим бўлиб ўтди.

Мактабнинг эски биноси 1960 йилда қурилган эди. Ўтган ярим асрдан ортиқ вақт мобайнида мактаб замонавий меъморчилик ва давлат таълим стандартлари талабларига жавоб бермай қолди.

Жорий йил Инвестиция дастури доирасида 3,3 миллиард сўм маблағ эвазига мактабнинг замонавий янги икки қаватли биноси фойдаланишга топширилди.

Тадбирда Нурафшон шаҳри прокурори Тўлқин Каримов ва Нурафшон шаҳри Мактабгача ва мактаб таълими бўлими мудири Фарҳод Султонов иштирок этди.

«Машъал»га обуна бўлинг:
Телеграм | Youtube | Ok.ru | Instagram | X
👍52
#tuhfa

Nurafshonda To‘y tepa mahallasining yangi binosi ochildi 🎉🇺🇿

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida Nurafshon shahrida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. To‘y tepa mahallasi uchun zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Mahalla uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbariyati, Xalq deputatlari, “Oqila ayollar” harakati vakillari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etib, mazkur tashabbusning mahalla hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirishdi.

So‘zga chiqqanlar yangi bino mahalla aholisi uchun xizmat qilishini, bu yerda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar bilan uchrashuvlar va xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilishini ta’kidladilar.

Ochilish tantanasida milliy kuy va qo‘shiqlar yangradi, mahalla yoshlari tomonidan tayyorlangan chiqishlar esa yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍41