Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4K videos
57 files
12.3K links
Download Telegram
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kengash raisi — Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

Shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar prokurori o‘rinbosari A. Olimov hisobot berdi.

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish natijalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish masalasi yuzasidan Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Ergashev ma’ruza qildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligi to‘g‘risida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M. Xudaykulov ma’lumot berdi.

“Toshkent suv ta’minoti” AJ Nurafshon shahar bo‘limi rahbari M. Xoliqov amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari A. Marupov 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Sessiya yakunida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
1
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#Diqqat e’lon   
                                                                                                             
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 12-sentyabr kuni «Men donorman» shiori ostida beg‘araz donorlik kuni o‘tkaziladi.
🩸Tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
❗️Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:
1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste’mol qilmasligi;
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste’mol qilmasligi;
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;

Qon — bu hayot, sizning qoningiz ko‘plab insonning hayotini asrab qolishi mumkin...
10👍4👏1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 19 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 37 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 14 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 14 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 23 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 25 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Nurafshon shahrining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari

✔️2025- yilning yanvar-iyul oylarida Nurafshon shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 691,7 mlrd so‘mga yetdi. 2024- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,1 % ni tashkil etdi.

✔️ Shuningdek, 2,5 trln so‘mga yaqin sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.


✔️ 7 oy davomida hududda 587,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from Boshqaruv samaradorligi agentligi | Toshkent viloyati (Azizbek Mirzauluĝbekovich)
САВОЛНОМА:  ФИКРИНГИЗ МУҲИМ!

Давлат фуқаролик хизматига таъсир этувчи салбий омилларни аниқлаш ҳамда жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида сўровнома ўтказилмоқда.

Сизнинг фикрингиз — давлат хизмати самарадорлигини оширишда муҳим аҳамиятга эга.

Сўровномада қатнашиш учун ҳавола: https://forms.gle/EcSd5VnmGBp2fgrF9

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
1