Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#tadbirkorlik
#uchrashuv

Nurafshon shahar hokimligining majlislar zalida "O‘zmilliybank"AJ Nurafshon BXM boshqaruvchisi T.Nishonxo‘jayev aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar hokimli iqtisodiy kompleks vakillari, shahar moliya bo‘limi, Savdo-sanoat palatasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbari hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar va yoshlar ishtirok etdi.

Unda Aholini ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish ishlari amalga oshirilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aholi muammolari hal etish choralariga asosan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etilishi belgilab olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#uchrashuv

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Nurafshon shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Uchrashuv Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari SH.Ergashev boshchiligida hamda Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o'rinbosari E.Alishov ishtirokida olib borildi.

👍Ushbu tadbirda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirishi hamda kengaytirishida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi.

👍Nurafshon shahrida biznes muhitini yanada yaxshilash uchun yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Nurafshon shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlarning soliq imtiyozlarini qo‘llash, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, noturar obyektlarga mol-mulk solig‘ini hisoblash, ma’muriy huquqbuzarliklar, bank hamda kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Murojaatlarning bir nechtasi joyida hal etildi. Vaqt talab etiladigan masalalar ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, eng namunali, barqarorlik reytingi yuqori va faol tadbirkorlar viloyat soliq boshqarmasi boshlig'ining "Tashakkurnoma"si va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi!


Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
5👍1🔥1👏1