Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#sport

Nurafshon shahrida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalarda yuzlab o‘quvchilar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va iroda kuchini namoyon etdilar. Bellashuvlar yengil atletika hamda quvnoq startlar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, musobaqaning asosiy maqsadi yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sport orqali do‘stlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Musobaqa davomida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar kelajakda yosh sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlash, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni aniqlash hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.


https://t.me/Nurafshonpressa
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum

“Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” mavzusidagi forum / No comment...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
📍QIBRAY TUMANI

"TOSHKENT VILOYATI — BIZNES UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR HUDUDI" FORUMI
2-kun jarayonlari


25.09.2025


Telegramdan chiqmasdan turib tomosha qilish uchun
@nurafshonlive manziliga o'ting.
Shuningdek  platformalarda ham tomosha qilishingiz mumkin
.

🚀Telegram 📷Instagram
🎬YouTube 🔵Facebook
Ҳурматли газ истеъмолчилари!

Соат 18:00 дан 18:30 гача газ таъминоти тўхтатилган ҳудудларда босқичма-босқич газ таъминотини тиклаш ишлари олиб борилади.
Газ жиҳозлари ва жумракларингизни назоратдан ўтказиб қўйишингизни сўраймиз.

Мурожаат учун:
☎️ 990048104
Нурафшон шаҳар ГТБ

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
#мулоқот

Biznes forum doirasida Xitoydan kelgan savdo-sanoat mahkamasi mas’ullari bilan ham muloqot o‘tkazildi
Xabar qilganimizdek, “Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” mavzusidagi
Biznes forumning ikkinchi kunida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari qatori bir guruh xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi.

Forum doirasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning Shinjon uyg‘ur muxtor o‘lkasi savdo sanoat mahkamasi raisi boshchiligidagi mehmonlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehmonlar viloyatning tuman va shaharlarida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni ro‘yobga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.
O‘z navbatida, muloqotda ishtirok etgan tuman va shahar hokimlari o‘rtaga tashlangan takliflarni o‘rganib chiqib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Viloyat rahbari Shinjon o‘lkasi savdo-sanoat mahkamasi bilan iqtisodiy aloqalarni ko‘p qirrada davom ettirish har taraflama manfaatli ekanini qayd etib, mehmonlarga taklif va tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FarzandlarKelajagi

⚡️ Nurafshon shahrida 430 o‘rinli yangi nodavlat bog‘cha ishga tushdi

Yangiobod mahallasida “SMART CITY KIDS” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nurafshon shahri hokimligi ko‘magida barpo etilgan mazkur maskan 430 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 17 ta guruh faoliyat yuritadi. Tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy qulaylik va sharoitlar yaratilgan.

👉 Shaharda maktabgacha ta’lim qamrovi yil sayin ortib bormoqda:
• 2022 yilda — 87%
• 2024 yilda — 98,7%
• 2025 yilda — 101%

Tantanali marosimda Nurafshon shahri hokimi o‘rinbosari Shohruh Inomxonov, shahar prokurori To‘lqin Karimov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Farhod Sultonov, shuningdek, nuroniylar va soha xodimlari ishtirok etdi.

https://t.me/Nurafshonpressa
7👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
26-sentabr kuni Nurafshon shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +26°, Ochiq havo. Bugun yog'ingarchilik kutilmaydi

Tong: +17°

Kun: +27°

Oqshom: +22°

Namlik: 26%

Shamol: Sharqiy, 4 m/s

Bosim: 727 mm sim. ust.

Oy: Oʻsayotgan oy

Quyosh chiqishi: 06:14

Quyosh botishi: 18:13

https://t.me/Nurafshonpressa
1
#qutlov

⚡️ Bugun Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

Nurafshon shahri hokimligi jamoasi sohaning barcha vatanparvar, fidoyi, jonkuvar, professional xodimlarini hamda faxriylarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaymiz.

Davlatimiz rahbari boshchiligida jonajon Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlashdan tortib, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligi, qolaversa, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi xizmatlaringiz e’tirofga munosib.

Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va milliy manfaatlarimizni himoya qilish yo‘lida Sizlarga mustahkam sog‘liq, metin iroda hamda oilaviy xotirjamlik tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3👏2
#tabrik

Bugun – Nurafshon shahri Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, o‘z kasbiga sidqidildan xizmat qilayotgan, yurtimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan Mukimov Abdulatif Abdukarimovichning tug‘ilgan kunlaridir!

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Sizni chin qalbimizdan tabriklab, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovonlik va xizmat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

🎈 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Mamlakatimiz mudofaa sohasidagi xizmatlaringiz har doim yuksak baholanib, e’tirof etilib borishini tilaymiz!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahri hokimligi jamoasi


Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 19 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш тўғрисида”ги ПФ-173-сон Фармонига шарҳ

Зоҳиджон Зияев

Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси раиси ўринбосари

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
👍1