Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 19 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш тўғрисида”ги ПФ-173-сон Фармонига шарҳ

Зоҳиджон Зияев

Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси раиси ўринбосари

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
👍1
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalarda yuzlab o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va irodasini namoyon qildilar. Bellashuvlar yengil atletika va quvnoq startlar bo‘yicha tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, musobaqaning asosiy maqsadi yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sport orqali do‘stlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Musobaqa davomida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar kelajakda yosh sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlash, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni aniqlash hamda ularning sportga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni vaqtda"Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi" forumining ikkinchi amaliy bosqichi davom etmoqda.
Unda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari uchun Biznes-tur tashkil etilib, hududlarning salohiyat va imkoniyatlari bilan bevosita joyiga chiqib tanishilmoqda.


Jarayonni MTRK telekanallari muxbirlari jonli efirlar orqali yoritib borishmoqda.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#biznes_forum

Oʻzbekiston-Polsha hamkorligi Toshkent viloyati va Mazoviya voevodaligi oʻrtasidagi biznes aloqalar orqali yanada mustahkamlanadi


Shu kunlarda Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi rasmiy delegasiyasi amaliy tashrif bilan mamlakatmizda boʻlib turibdi.
Bugun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh mehmonxonalar majmuasi hududidagi “Kongress hall”da Toshkent viloyati va Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi oʻrtasida “Biznes Forum” boʻlib oʻtdi.

Forum doirasida dastlab Toshkent viloyati rahbariyati hamda Mazoviya voevodaligi rasmiy delegasiyasining tor doiradagi uchrashuvi o‘tkazildi.
Biznes forumda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev, Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi marshali Adam Struzik boshchiligida 20 nafardan ortiq xorijiy mehmonlar, shuningdek, viloyatimiz biznes doirasi vakillari, mas'ul mutasaddilar ishtirok etishdi.
Ta'kidlanganidek, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Polsha Respublikasining koʻp qirrali hamkorlik aloqalari yaqin strategik sherikchilik asosida rivojlanib bormoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz — Oʻzbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir. Har bir tashabbus, har bir loyihangiz boʻyicha viloyatimiz tegishli mutasaddilari sizlarga yelkadosh boʻlib, yoningizda turib, ularni toʻliq amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Kiritilgan har bir taklif, aytilgan har bir loyiha boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi” qabul qilishga va ularni shaxsan oʻzim qat'iy nazoratimga olishga tayyorman, deb qayd etdi Forum avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzaev.

Ta'kidlash joizki, Oʻzbek-Polsha biznes-forumi va sermahsul muzokaralar ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi.
Forumda ikki hudud oʻrtasida Doʻstlik bitimi imzolanib, B2B va B2G formatida muzokaralar oʻtkazildi.

Forum doirasida mehmonlar viloyatning sanoat salohiyati va biznes imkoniyatlari bilan bevosita joylarga chiqib tanishish imknoniga ham ega boʻlmoqdalar.


👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

#бизнес_форум

Узбекистан и Польша укрепляют сотрудничество через деловые связи Ташкентской области и Мазовецкого воеводства

В конгресс-холле гостиничного комплекса рядом с парком «Новый Узбекистан» прошёл бизнес-форум с участием делегаций Ташкентской области и Мазовецкого воеводства Республики Польша.

В мероприятии приняли участие хоким Ташкентской области Зойир Мирзаев и маршал Мазовецкого воеводства Адам Струзик, возглавивший польскую делегацию.

В ходе форума стороны подписали Соглашение о дружбе между регионами, а также провели переговоры в форматах B2B (бизнес с бизнесом) и B2G (бизнес с государством), направленные на расширение делового сотрудничества.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1