Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#XavfsizUy

Aholi uchun xavfsiz yashash sharoiti: Nurafshonda tom qismlari ta’mirlanmoqda

Aholiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish — bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Aynan shu maqsadda Nurafshon shahrida ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🏗 “Boshqaruv Servis Kompaniyasi” (BSK) ishchi-xodimlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, muammoli hududlarda zarur ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda.

🔧 Jumladan:
▪️ 4-uy tom qismida aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, aholi murojaatlari asosida sifatli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
▪️ 19-uy tom qismida esa suv o‘tishi va boshqa xavf tug‘diruvchi holatlar bartaraf qilinib, yashash uchun yanada xavfsiz sharoit yaratildi.


Ushbu amaliy ishlar natijasida nafaqat uylarning texnik holati yaxshilanmoqda, balki fuqarolarning kundalik turmushi ham yanada osoyishta va qulay bo‘lmoqda.

👉 Rejalashtirilgan asosda boshqa ko‘p qavatli uylarda ham obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
2
#BSK

🚧 Muammo bartaraf etildi — yashash sharoiti yaxshilanmoqda!

Aholi murojaatlariga asosan, Nurafshon shahridagi 10-uy yerto‘la qismida joylashgan kanalizatsiya quvurida yuzaga kelgan muammo “Boshqaruv Servis Kompaniyasi” (BSK) ishchi-xodimlari tomonidan o‘rganilib, zarur ta’mirlash ishlari bajarildi.

🔧 Mazkur ishlar doirasida:
▪️ Eskirgan va nosoz quvurlar almashtirildi,
▪️ Suv to‘planishi va yoqimsiz hidning oldi olindi,
▪️ Yerto‘la hududi tozalanib, sanitariya holati yaxshilandi.


🏘 Ushbu ta’mirlash natijasida nafaqat texnik muammo bartaraf etildi, balki aholi uchun xavfsiz va sog‘lom yashash muhiti yaratishga yana bir muhim qadam qo‘yildi.

👉 Rejali asosda boshqa ko‘p qavatli uylarda ham texnik-profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
👏1
#BSK

🚧 Muammo bartaraf etildi — yoritish sifati yaxshilanmoqda!

Aholi murojaatlariga asosan, 20, 9 va 10-uylardagi shitdagi elektr avtomatlar “Boshqaruv Servis Kompaniyasi” (BSK) va shahar elekt ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tekshirilib, zarur almashtirish ishlari muvaffaqiyatli bajarildi.

🔧 Mazkur ishlar doirasida:
▪️ Eskirgan va ishlamay qolgan avtomatlar almashtirildi,
▪️ Yoritish tizimi barqaror va uzluksiz ishlashi ta’minlandi,
▪️ Elektr xavfsizligi oshirildi, shu bilan birga aniq va sifatli yoritish barpo etildi.


🏘 Ushbu yangilanish natijasida nafaqat texnik muammolar bartaraf etildi, balki aholi uchun qulay, xavfsiz va ishonchli yashash sharoiti yaratildi.

👉 Rejali asosda boshqa ko‘p qavatli uylarda ham profilaktik va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa