Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Nurafshon_manzarasi

Nurafshon city — farovonlik va qulaylik manzili

Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahri bugungi kunda jadal rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Geografik jihatdan qulay joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi va investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar tufayli shahar urbanizatsiya jarayonlarining ilg‘or markaziga aylanib bormoqda.

Qisqa vaqt ichida Nurafshonda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar, ravon yo‘llar, mahalla markazlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari barpo etildi.

Yangi uy-joylar yuzlab oilalarga qulay maskan yaratib, aholiga yanada zamonaviy va farovon hayot tarzini taklif etmoqda.

Nurafshon shahrida olib borilayotgan mazkur islohotlar kelgusida hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga, zamonaviy shaharsozlik standartlarini amalga tatbiq etishga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga yuksak ishonchning yorqin ifodasi – YUNESKOning Samarqand sessiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Самаркандская сессия ЮНЕСКО – проявление высокого доверия к осуществляемым в Новом Узбекистане динамичным масштабным реформам – станет важным практическим шагом в усилении глобального партнерства в области устойчивого развития.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yashil_makon

Yashil makon — tabiatga ehtirom va kelajak uchun investitsiya

Nurafshon shahrida bunyodkorlik va qurilish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bir vaqtda, hududni yashil makonga aylantirish ishlari ham izchil davom etmoqda.

Bugun Nurafshon city hududida keng miqyosda ko‘chat ekish va bog‘ barpo etish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, hokimlik mas’ullari, korxona va tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


E’tiborli jihati shundaki, rahbarlar shaxsan o‘zlari ko‘chat ekish jarayonida faol qatnashib, boshqalarga o‘rnak bo‘ldilar.

Iqlim sharoitiga mos bo‘lgan daraxt va butalar — Yaponiya saforasi, yasen, chinor, Qrim qarag‘ayi, Sharq tuyasi, Kanada bagrianikasi, qayrag‘och, pavloniya, tut va boshqa turlardagi jami
1700 ta ko‘chat
qariyb
1,2 gektar maydonga
ekildi.


Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umumxalq harakati izchil davom etmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
#Bayram_shukuhi

🇺🇿 Ichki ishlar organlari xodimlari kuni Nurafshonda bayramona nishonlandi

Bugun “O‘zbegim” tantanalar uyida tinchlik va osoyishtalik posbonlari — ichki ishlar xodimlari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda hokimlik rahbariyati, soha xodimlari, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev va shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik A. Yuldashev tabrik nutqi bilan chiqish qildi.

🇺🇿 Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tizimning ochiqligi, xalqparvarligi va samaradorligini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir yakunida bir qator xodimlar va faxriylar taqdirlandi. San’at ustalarining chiqishlari kechaga bayramona ruh bag‘ishladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍3