Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Yashil_makon

Yashil makon — tabiatga ehtirom va kelajak uchun investitsiya

Nurafshon shahrida bunyodkorlik va qurilish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bir vaqtda, hududni yashil makonga aylantirish ishlari ham izchil davom etmoqda.

Bugun Nurafshon city hududida keng miqyosda ko‘chat ekish va bog‘ barpo etish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, hokimlik mas’ullari, korxona va tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


E’tiborli jihati shundaki, rahbarlar shaxsan o‘zlari ko‘chat ekish jarayonida faol qatnashib, boshqalarga o‘rnak bo‘ldilar.

Iqlim sharoitiga mos bo‘lgan daraxt va butalar — Yaponiya saforasi, yasen, chinor, Qrim qarag‘ayi, Sharq tuyasi, Kanada bagrianikasi, qayrag‘och, pavloniya, tut va boshqa turlardagi jami
1700 ta ko‘chat
qariyb
1,2 gektar maydonga
ekildi.


Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umumxalq harakati izchil davom etmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
#Bayram_shukuhi

🇺🇿 Ichki ishlar organlari xodimlari kuni Nurafshonda bayramona nishonlandi

Bugun “O‘zbegim” tantanalar uyida tinchlik va osoyishtalik posbonlari — ichki ishlar xodimlari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda hokimlik rahbariyati, soha xodimlari, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev va shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik A. Yuldashev tabrik nutqi bilan chiqish qildi.

🇺🇿 Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tizimning ochiqligi, xalqparvarligi va samaradorligini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir yakunida bir qator xodimlar va faxriylar taqdirlandi. San’at ustalarining chiqishlari kechaga bayramona ruh bag‘ishladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍3
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida f. To'ytepa XEL 6 kV va f. Olmazor XEL 6 kV tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 1-noyabr
soat 09:00 dan 16:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
🏙
Nurafshon shahri: Oybеk, Obod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, Degantepa, Uchqun, To'ytepa, Yangiobod, Qumariq mahallarida
🏘 O‘rtachirchiq tumani: Obod, Argin, Sada mahallarida


Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda. ⚙️

https://t.me/Nurafshonpressa
👎51
#eshitmadim_demanglar

Noyabrni sayohatlar va yorqin taassurotlar oyligiga aylantiraylik!

Aziz faxriylar va nuroniylar!

Siz uchun yorqin xotiralar, tinchlik va huzur bag‘ishlaydigan maxsus oy boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham 1–30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkaziladi.

Bu davrda siz:
🔺 Barcha ziyoratgohlar, mehmonxonalar va dam olish maskanlariga 10 foizlik chegirma bilan tashrif buyura olasiz!

🔺 O‘zbekiston bo‘ylab maxsus turlar va ziyorat safarlarida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz!


Qadrli keksalarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan — sayrlar, ziyoratlar va yangicha taassurotlar siz uchun!

Noyabrni sayohat va yorqin taassurotlar pallasiga aylantiraylik!

“Keksalar uchun turizm oyligi” bilan hayotingizga yangi ranglar qo‘shing!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#tibbiy_ko’rik

Aholi salomatligi — doimiy e'tiborda

Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasi tomonidan “Marifat” MFY aholisi uchun manzilli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tadbir doirasida tor soha mutaxassislari fuqarolarni qabul qilib, zarur holalarda laborator va instrumental tekshiruvlar amalga oshirildi.

Tashabbus aholi salomatligini tizimli nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
3